Manba: Ikrom Aliboevga Portugaliya klubidan qiziqish bor
05 dek 2023 10:33
Yangiliklar
Manba: Ikrom Aliboevga Portugaliya klubidan qiziqish bor
"Koreya chempionatida o'ynayotgan do'stim Ikrom Aliboevga Portugaliya Primeyra Ligasi vakili — "Eshtrela" jamoasidan rasmiy taklif keldi.
"Eshtrela" Aliboevga 1,5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Transfer amalga oshishi yoki oshmasligi haqida hal qiluvchi qaror esa Aliboevning hozirgi jamoasi "Kanvon"ga bog'liq.
CHunki koreyalikliklar murabbiyi Ikromni jamoada olib qolmoqchi. Ikrom Aliboevning "Kanvon" bilan tuzgan shartnomasini uzaytirish huquqi klub vakolatiga tegishli. Voqealar rivojini endi keyingi bosqichdagi muzokaralar orqali ko'ramiz", – deyiladi xabarda.
Ikrom Aliboevning "Kanvon" jamoasi chempionat oxirgi turida "Suvon Blyuuings" bilan ro'baro kelib, durangga erishdi (0:0). SHu tariqa "Kanvon" 34 ochko bilan mavsumni 10-o'rinda yakunladi (12 jamoa ichida) va endi pley-off bahsida K-Liga 2 vakili "Kimpxo Sitizen"ga qarshi 2 ta o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar