Timur Kapadze: "Kolumbiya bilan uchrashuv ko'p narsani hal qiladi"
22 dek 19:21
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Kolumbiya bilan uchrashuv ko'p narsani hal qiladi"
- O'zbekistonning JCHdagi raqiblari va imkoniyatlari haqida nima deya olasiz?
- Albatta, oson guruh emas. Menimcha, JCHda engil guruhning o'zi bo'lmasa kerak. Har bir jamoa o'z oldiga malum vazifalarni qo'ygan, jumladan, bizning termamiz ham. O'ylaymanki, jamoamiz kuchli va tajribasi ham etarlicha. Birinchi marta mundialda qatnashishimizga qaramay, futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori. Yaxshi natija qo'lga kiritamiz deb o'ylayman. Albatta, birinchi vazifa — guruhdan chiqish. Terma jamoaning bunga kuchi etadi, futbolchilar ulkan salohiyatga ega. Ularga omad tilayman.
Ikkinchi yoki uchinchi o'rin bilan ham guruhdan chiqish mumkin. Bu — futbol. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Yaxshi tayyorgarlik bo'lsa, hammasi joyida bo'ladi, barchasi maydonda hal bo'ladi. MTJ ilk bor JCHda ishtirok etayotganiga qaramasdan, futbolchilarga ishonaman.

- Sizningcha, guruhdagi asosiy raqib kim bo'ladi? Portugaliya juda ham kuchli, ehtimol, ikkinchi o'rin uchun kurashda asosiy raqobatchi Kolumbiya bo'lar...
- Portugaliya bilan solishtirsak, Kolumbiya zaifroq ko'rinyapti. Biroq mundialda oson raqib bo'lmaydi. Kolumbiya ham o'ziga yarasha kuchli jamoa. Birinchi uchrashuv aynan ularga qarshi va bu bahs ko'p narsani hal qiladi. Lekin oxirgi uchrashuv hammasiga nuqta qo'yadi. Portugaliya bilan o'yinda ham qandaydir ijobiy natija ko'rsak bo'ladi. Ko'ramiz, hammasi qanday kechadi. Oldindan bashorat qilib bo'lmaydi. Natija jamoaviy o'yinga bog'liq. O'ylaymanki, murabbiylar yigitlarni o'yinlarga har taraflama yaxshi tayyorlaydi va milliy jamoa yaxshi natijalarga erishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar
Яхши ишлади лекин менда