"Neftchi" Ergashev, Sayfiev va Aliboev bilan shartnomani uzaytirdi
27 dek 21:33
Yangiliklar
"Neftchi" Ergashev, Sayfiev va Aliboev bilan shartnomani uzaytirdi
"O'tgan mavsum chempioni, tajribali darvozabon Botirali Ergashev "Neftchi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U yangi mavsumda ham "Neftchi" sharafini himoya qiladi".

"Jamoamiz chempionlik yo'lidagi muvaffaqiyatga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Farruh Sayfiev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi bo'lgan Farruh Sayfiev joriy mavsumda jamoamiz libosida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarning 13 tasi g'alaba bilan yakunlangan bo'lib, futbolchi Superliga bahslarida jami 1406 daqiqa harakat qildi.
"Neftchi"ning chempionligi yo'lida ulkan hissasini qo'shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboev jamoamiz bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.
U ushbu mavsumda Farg'ona jamoasi tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan. O'zining barqaror o'yini bilan u O'zPFL tomonidan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar