Joau Kanselu samolyotda uni telefonga olayotgan yo'lovchiga tashlandi
15 dek 19:46
Yangiliklar
Joau Kanselu samolyotda uni telefonga olayotgan yo'lovchiga tashlandi
AS xabar berishicha, "Al Hilol" himoyachisi Joau Kanselu parvoz vaqtida uni telefonga olayotgan samolyot yo'lovchisiga nisbatan tajovuzkorlik qilgan.
Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Videoda futbolchi uni suratga olayotgan yo'lovchi yoniga kelib, avval hazillashadi, keyin esa gap-so'z tortishuvga aylanadi. Shundan so'ng Kanselu yo'lovchining qo'lidan ushlab, tasvirga olish jarayonini to'xtatadi.
31 yoshli portugaliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 5 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Uning Saudiya Arabistoni klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq Kanselu "Benfika", "Valensiya", "Inter", "Yuventus", "Manchester Siti", "Bavariya" va "Barselona" jamoalari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar