Luis Suares: "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan ekanligimdan faxrlanaman"
16 noy 2019 14:45
Yangiliklar
Luis Suares: "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan ekanligimdan faxrlanaman"
"Barselona" hujumchisi Luis Suares o'zining klub tarixidagi to'rtinchi to'purar ekanligiga fikr bildirdi.
"Boy tarixga ega dunyodagi eng kuchli klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan ekanligimdan faxrlanaman. Men "Barselona"ga o'tishni orzu qilar edim. Men klubdagi jamoadoshlarim bilan yaqin ekanligimdan zavqlanardim. Bunday darajaga chiqishim esa hayolimga ham kelmagan. Men 2015/16 yilgi mavsumda muntazam gol urganligim sababli eng yaxshi to'purar bo'lgan edim. SHunday qilib sekin-asta tarixiy natijalarni yangilaysiz. Gollarni qadrlash kerak. Kubale, Samiter, Messi va mening gollarim oson urilmagan. Men "Barselona" safida 185ta gol urdim, ulardan bittasini tanlash qiyin. Ammo, oxirgi eslaganlarimdan o'tgan mavsum "Kamp Nou"da "Atletiko" darvozasiga urganim ajoyib bo'lgan edi", - deydi Suares.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar