Lionel Messi: "SHubhasiz, faoliyatimning so'nggiga qadar "Barselona"da qolaman"
19 okt 2019 15:25
Yangiliklar
Lionel Messi: "SHubhasiz, faoliyatimning so'nggiga qadar "Barselona"da qolaman"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klubi bilan umrbod muddatga shartnoma imzolashi mumkinligi haqida gapirdi.
- Bu haqiqat, "Barselona" menga umrbod muddatga shartnoma taklif qildi, ammo shartnoma meni bog'lab qo'yishini istamasligimni aytdim.
Men shartnoma uchun emas, raqobat va yuksak marralar safi davom etishni xohlayman. Ammo aytishim mumkinki, faoliyatimning so'nggiga qadar "Barselona"da qolaman", - deydi Messi.
Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2003 yildan beri o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar