Lazizbek Mirzaevga Ispaniyaning qaysi klubi qiziqayotgani malum
20 mar 2024 11:15
Yangiliklar
Lazizbek Mirzaevga Ispaniyaning qaysi klubi qiziqayotgani malum
Mirzaevga Ispaniyaning "Leganes" klubi qiziqmoqda. Ayni paytda Segundada ishtirok etayotgan klub musobaqa jadvalida 1-o'rinda bormoqda va yangi mavsum La ligaga qaytishga yaqin turibdi.
1928 yilda tashkil etilgan "Leganes"ni ayni paytda ispaniyalik murabbiy Borxa Ximenes boshqarib bormoqda. O'z uy o'yinlarini Leganesdagi 12454 tomoshabinga mo'ljallangan "Estadio Municipal Butarque" stadionida o'tkazadi. Klub 4 mavsum (2016-2020 yillar) La ligada ishtirok etgan va Segundaga tushib ketgan.
Eslatib o'tamiz, Mirzaev ayni paytda klub bilan tanishmoqda va turli testlardan o'tmoqda. Agar "Leganes"ni barchasi qoniqtirsa Lazizbek 18 yoshga to'lganidan keyingina (2024 yil, oktyabr oyida) bu jamoa bilan shartnoma tuzishi mumkin bo'ladi.
Malumot uchun, Lazizbek Mirzaev ham Abduqodir Husanovning agentligi bo'lgan "Football Group" bilan hamkorlik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar