So’nggi yangiliklar

14:32CTA "Алавес" билан ўйиндаги Винисиус вазиятида VAR қарорини қўллаб-қувватлади  0 13:58Ибрагимовичнинг ўғли "Милан"нинг Италия Суперкубоги учун қайдномасидан жой олди  0 13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  2 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  0 12:48Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди  7 12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  6 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  2 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   3 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  2 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  3 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  5 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  9 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  6

Superliga–2025. Ekspert xulosasi: "Nasaf" selekciyada yutqazdi, "Neftchi" esa kutilmalarni oqladi Yangiliklar

Superliga–2025. Ekspert xulosasi: "Nasaf" selekciyada yutqazdi, "Neftchi" esa kutilmalarni oqladi

O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumi ko'plab savollar, xulosalar va muhokamalarga boy bo'ldi.

Chempionlik kurashi, ayrim jamoalarning kutilgan natijani berolmagani, boshqalarining esa barqarorlik hisobiga oldinga chiqqani mavsumning asosiy mavzulariga aylandi. Quyida futbol mutaxassisi, ekspert Ulug'bek Mirzaevning Superliga-2025 mavsumi bo'yicha tahliliy fikrlari keltiriladi.

— O'tgan mavsum qanchalik mavsum oldidan kutgan kutilmalaringizni oqlay oldi? 

— Mavsum oldidan "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari chempionlik uchun asosiy davogar sifatida tilga olingan edi. Qolgan klublar medallar uchun kurash olib borishi, raqobatni kuchaytirishi kutilgan. Qaysidir manoda bu taxminlar o'zini oqladi. Xususan, "Neftchi" chempionlik uchun munosib tarkib yig'di va oson bo'lmasa-da, qiyinchilik bilan oltin medallarni qo'lga kiritdi. Ikkinchi davraning oxirlariga kelib "Neftchi" turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Bunda, birinchi navbatda, "Nasaf"ning selekciya ishlarini etarlicha samarali olib bormagani hamda "Paxtakor"ning Superliga sharoitini yaxshi bilmaydigan Pedru Moreyra kabi murabbiyni taklif etgani, startda ko'p ochko yo'qotgani hal qiluvchi omil bo'ldi. Shu holatlar yakunda "Neftchi" foydasiga ishladi.Biroq chempionlikni faqat raqiblarning ochko yo'qotishi bilan bog'lash noto'g'ri bo'lar edi. Ayniqsa, ikkinchi davra oldidan Kojo, Nimeli va Odilov kabi futbolchilar bilan kuchaygani "Neftchi"ga hal qiluvchi ustunlik berdi.

— Pro ligadan chiqqan jamoalar ancha muammolarga duch kelishdi va qiyinchilik bilan o'rinlarini saqlab qolishdi...

— "Sho'rtan" haqiqatan ham qiynaldi. Superliga o'yinlari shuni ko'rsatdiki, pley-offda qatnashgan "Qo'qon-1912", "Mashal", "Buxoro" va "Xorazm" kabi jamoalar bilan elita o'rtasida farq katta. O'tgan mavsum ikki liga o'rtasidagi tafovutni yaqqol namoyon qildi.

— Toshkent klublari uchun mavsum avvalgi yillardan farqli yaxshi va barqaror o'tdi deyish mumkin. Bunda asosiy sabab to'g'ri ish olib borilganidami yoki boshqa omillar tasirimi?

— "Bunyodkor"da malum manoda barqarorlik kuzatildi. Ammo bu barqarorlikni klub muxlislari va rahbariyatini to'liq qoniqtiradigan darajada, deb bo'lmaydi. "Bunyodkor"dan doimo yuqori o'rinlar uchun kurash kutilgan. Klubning xalqaro miqyosdagi nufuzi ham bunga majbur qiladi. Aytilishicha, bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevni beshinchi o'rin qoniqtirgan, ammo menimcha, "Bunyodkor" plankani ancha yuqoriroq qo'yishi kerak. Ilyos Zeytullaev yaxshi tarkib yig'di. Legionerlar va jamoaga qo'shilgan yosh futbolchilar o'z imkoniyatlarini namoyon qildi. Safarda "Neftchi"ni mag'lub etgani, "Nasaf"ga jiddiy muammolar tug'dirgani yoki Samarqandda "Dinamo"ni yutganini alohida takidlash mumkin. Biroq kutilmagan o'yinlarda ochko yo'qotishlar barqarorlikka salbiy tasir ko'rsatdi.

"Paxtakor" Kamoliddin Tojiev qo'l ostida O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Bu ham kutilgan natija edi. "Sherlar" mavsum boshida ko'p ochko yo'qotdi va natijada Pedru Moreyra istefoga chiqarildi. Kamoliddin Tojiev ichki chempionatni yaxshi bilgani tufayli vaziyatni o'ngladi va jamoani ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Moreyraning asosiy muvaffaqiyatsizligi — ichki chempionatga to'g'ri baho bermagani va jiddiy yondashmaganida bo'ldi. Olib kelingan legionerlarni ham juda kuchli, deb bo'lmasdi. Uning shtabida mahalliy futbolni yaxshi biladigan mutaxassis bo'lishi kerak edi, ammo bu yo'l tutilmadi va oqibatda pand edi.

— Qarshining "Nasaf" jamoasi chempionlikni boy berdi va bunda amalga oshirilgan transferlar, selekciya o'z so'zini aytdimi?

— "Nasaf" selekciya ishlarini etarlicha samarali olib bormadi. Ro'ziqul Berdiev mavsum davomida ancha qiynalganga o'xshadi. Atrofida transfer masalalarida yordam beradigan mutaxassislar etishmayotgandek. Bu yo'nalishda "ajdarlar" izlanish olib borishi shart. Shunga qaramay, "Nasaf" keyingi mavsumda yanada kuchli bo'lib qaytishi mumkin.

— "Sho'rtan" va "Mashal" qanday taaassurot qoldirdi?

— "Sho'rtan" Superligaga to'liq tayyor emasligi bilindi. Ikkinchi davra oldidan tarkibni shoshma-shosharlik bilan, asosan yosh futbolchilar hisobidan shakllantirdi. Mavsumning ikkinchi qismida jamoa yaxshiroq o'yin ko'rsatdi, ammo poezd allaqachon ketib bo'lgan edi. Mavsum oldidan puxta tayyorgarlik ko'rilmagani o'z tasirini o'tkazdi. "Mashal" esa yaxshi mavsum o'tkazdi. Byudjeti cheklangan jamoadan bundan ortiq natija kutish to'g'ri emas, deb hisoblayman.

— Vodiy jamoalaridan "Neftchi" haqida gapirib o'tdingiz. "Navbahor"dagi pasayish va "Andijon"dagi murabbiylar qo'nimsizligi haqida fikringiz qanday?

— "Navbahor"dagi pasayish barqaror moliyalashtirishning yo'qligi bilan bog'liq. Masalan, "Neftchi"da bu borada muammo kuzatilmadi. Shu omillar tasirida "Navbahor" mavsumni ettinchi o'rin bilan yakunladi. "Andijon"da talabchan muxlislar juda ko'p va ular doim natija talab qiladi. Xomyakov ham, Shackix ham bu ishonchni to'liq oqlay olmadi. Ko'plab o'zgarishlar bosim ostida amalga oshirildi va buni to'g'ri qaror, deb o'ylayman. Kubok sohibi sifatida OCHL-2da qatnashgan jamoa yaxshi tarkib yig'di, ammo na Xomyakov va na Shackix bu tarkibni to'liq ishlata oldi.

— Mavsum kashfiyoti borasida hammada turlicha qarashlar shakllandi. Sizningcha, "Dinamo" bu nomga loyiq edimi?

— "Dinamo" esa bu mavsum boshidan baland sakray oldi. Bu, avvalo, barqarorlik bilan bog'liq. Vadim Abramov qo'li ostida Pro ligada birga o'ynab chiqqan futbolchilar bor. Vadim Karlenovich tarkibda kamdan-kam o'zgarish qiladi. Jamoada katta yulduzlar bo'lmasa-da, jips va raqobatbardosh jamoa shakllandi. Samarqandliklar sovrinli o'rinlarga juda yaqin keldi. Qarshidagi o'yinning so'nggi soniyalarida yana bitta gol urilganida, ikki yoki uchinchi o'rinni egallashi mumkin edi. Agar "Dinamo" keyingi mavsumda ham shu tendenciyani saqlab qolsa, klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishi ehtimoldan xoli emas.

— Pro liga haqida ikki og'iz to'xtalmasak bo'lmaydi. Bu yil jamoalar soni kamligi tufayli intriga ham, qiziqarlilik darajasi ham yuqori kechgani yo'q. Mutaxassis sifatida keyingi yilga qanday yo'l tutish kerak deb hisoblaysiz?

— Pro liga musobaqasi esa, ochig'ini aytganda, unchalik qiziq bo'lmadi. Hatto turnir jadvallarini qaerdan kuzatishni bilmay qoldik. "Lokomotiv" birinchi o'rinni egallashi kutilgan edi, ammo buni katta qiyinchilik bilan amalga oshirdi. "Aral" esa bor-yo'g'i yana bitta gol urganida birinchi o'rin bilan Superligaga chiqishi mumkin edi. Pro ligani yanada qiziqarli qilish uchun jamoalar sonini ko'paytirish kerak. Hozirdan "Metallurg" (Bekobod), "Yaypan", "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning farm klublari, shuningdek, "BuxDU" va "QarDU" jamoalari ishtirok etishi mumkinligi aytilmoqda. Kamida 12 ta jamoadan iborat liga shakllantirish lozim.

Ayrim talablarga javob bermaydigan klublarga PFL tomonidan o'tish davri uchun engilliklar berilib, keyingi mavsumlarda talablar keskinlashtirilishi maqsadga muvofiq. Taklifim aniq: Pro ligada 12 ta yoki undan ortiq jamoa ishtirok etishi kerak.

— Yakunlangan mavsum munosabati bilan barcha jamoalarni tabriklayman. Hayotimizda yana bir bosqich ortda qoldi. Klublarga yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni va omad tilayman. Bu yil futbol jamoatchiligi bilan birga bo'ldim, ekspert sifatida "Sport" telekanalida turkum ko'rsatuvlarda ishtirok etdim. Barchaga minnatdorchilik bildiraman. Qaysi lavozimda bo'lishimdan qatiy nazar, kelgusida ham yangi loyihalar orqali o'zbek futboliga foyda keltirishni istayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика