Sardor Mirzaev 861 kundan keyin katta futbolga qaytdi
19 sen 21:23
Yangiliklar


Sardor Mirzaev 861 kundan keyin katta futbolga qaytdi
Bugun Superliganing 22-turi doirasida OKMK o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub qildi, 5:1.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida olmaliqliklar futbolchisi Sardor Mirzaev maydonga tushirildi. Bu uning jarohatdan keyingi 2 mavsumlik tanaffusdan so'ng ilk uchrashuviga aylandi. Shu orqali uning maydonga qaytishi uchun 861 kun kerak bo'ldi. Futbolchi so'nggi uchrashuvini 2023 yilning 12 may kunida Tailandning "Muangtong Yunayted" jamoasi tarkibida "Ratchaburi"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi.
Shuningdek, u Sardor Mirzaev 6 mavsum deganda Superligamizda ko'rinish berdi. U O'zbekiston chempionatidagi so'nggi marta 2120 kun, aniqrog'i 6 yil oldin, 2019 yilgi mavsumda "Lokomotiv" tarkibida "Paxtakor"ga qarshi o'yinda o'ynagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar