So’nggi yangiliklar

13:24TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал учун жанглар, “Рома” Шотландияда ва бошқалар  0 13:02"Арсенал" ҳужумчиси 11 ой ичида илк бор майдонга тушди  0 12:34Португалия терма жамоаси аъзоси фаолиятини тугатди  2 12:02"Қўқон-1912" бош мураббийи билан хайрлашди  6 11:48Ишли ва ишсиз ПРОфессионаллар  2 11:43Артета "Арсенал" футболчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  1 11:22Футзал бўйича Ўзбекистон чемпионатининг 6-турида 120 та гол урилди   2 10:45Башар Ресаннинг "Пахтакор"даги келажаги маълум  4 10:17Гвардиола "Реал"ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  5 09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  15 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  4 08:42EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  6 08:10"Андижон" вакиллари Грузия кубогининг финалида кимларни кузатгани боргани маълум  7 07:37Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?  14 04:00Мундиал тарихи. Футболчи сувга тушиб кетган, майдон четидаги полиция голли узатма берган ҳамда мураббийлар ҳакамлик қилган илк жаҳон чемпионатини ёдга оламиз  0

Ekspert fikri: "O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas" Yangiliklar

Ekspert fikri: "O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas"

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Kuvayt va Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Fabio Kannavaro uchun bu bellashuvlar o'ziga hos ilk xulosalalarni bergani tabiiy. Biz esa bu borada tajribali futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaevni tingladik. 

"O'zbekiston milliy terma jamoamizning o'tkazgan oxirgi 2 ta o'yini haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi navbatda ikki xil taassurot qolganini aytishim mumkin. Bu o'yinlarda Fabio Kannavaroning chizgisi yoki undan birorta katta o'zgarish qilib yuborishini kutish umuman imkonsiz edi. Yani kelishi bilan 1-2ta mashg'ulot orqali o'zgartirib yubora olmasdi, u ham afsungar emas. Boricha harakat qildi. Mazkur yig'in Kannavaro va uning shtabi uchun tanishuv bosqichini boshlab berdi. Lekin aytib o'tish kerakki, terma jamoamizdagi qator jarohatlar, deylik darvoza chizig'imizdagi O'tkir Yusupovning jarohati Abduvohid Nematovning o'ynashiga imkon berdi. Abduqodir Husanov, Husniddin Aliqulovning jarohati   markaziy himoyada, Jaloliddin Masharipov, ikkinchi o'yinda Abbos Fayzullaeveing jarohati oldingi chiziqda eksperiment qilishga majbur qildi. Zaxira kuchlarini ko'rib olish imkonini berdi. 

Raqiblarga kelsak, Kuvayt terma jamoasi kuchsiz raqib ekanligi oldindan malum edi. Kuvayt oldingi darajasida emas. Uchinchi saralash bosqichining 10 ta o'yinida biror marotaba g'alaba qozona olmaganligidan bilish mumkinki, bizga  munosib sparring raqib emasdi. Kuvaytga qarshi eng kuchli tarkibimiz ham emasdi. Kannavaroning ilk o'yinidagi tarkibi o'rtacha kuchga ega tarkibimiz edi. Shu tarkibimiz ham Kuvaytni bemalol mag'lub eta oldi. Shu bois bu bahsning foydali tomonlari ko'p bo'ldi deya olmayman. 

Urugvay bilan esa terma jamoamizning ko'p kuchsiz nuqtalarini ko'rib oldik. Futbolchilarning jismoniy tomonlari yaxshi emasligini, 90 daqiqagacha dosh bera olmasligini ko'rsatib qo'ydi. Kannavaroga bu yaqqol ko'rindi. O'yinni dastlabki daqiqalarida bemalol o'ynagan bo'lsak, oxirgi yarim soatda futbolchilarimiz toliqqandan keyin Urugvay o'zining o'yini, jarima maydonimizga yorib kirishlari davom etdi va 2 ta to'p kiritdi. Eng qizig'i, bu Urugvayning eng kuchli tarkibi emasdi. Misol uchun, Yaponiya Braziliyani taslim qildi. Janubiy Koreya Paragvayni engdi. Biz Urugvayga mag'lub bo'ldik, bu tarkibni Jahon chempionatiga moslashtirish, katta darajada tayyorgarlik ko'rmasak ertaga mundialda uyalib qolishimiz mumkin. Qurada shunisi aniqki birinchi savatchadan eng kuchli jamoalar ro'baro' keladi. Ularga qarshi juda qiyin bo'ladi. Bu narsalarni oldini olish kerak. Kannavaroda hali 8 oy vaqt bor. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish kerak. O'zbekiston Jahon chempionatiga borib, sharmanda bo'lib qaytishi kerak emas.

Jarohatdagilarga tezroq sog'ayishlarini   tilayman. Ularsiz terma jamoamiz oddiyroq jamoadek ko'rinib qolyapti. O'tkir Yusupov matonatli yigit, birinchi raqamli posbonimiz. Hamma futbolchilarimiz sog' bo'lishsin, jarohati borlar tezroq safga qaytishlarini tilab qolaman",- deydi Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 okt 21:09:27
Никола58
Аваз Худойқулов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳаммада ҳадик бор, терма жамоа ҳаммамизники, жч га чиққан бўлсакда масъулият жуда катта, осиё шарафини, Ўзбекистон шарафини муносиб ҳимоя қилишимиз керак!
100 фоиз кушиламан.
   
16 okt 18:01:26
Vatandoshingiz
Бекорларни миггтасини айтибсиз Жахон чемпионатига чикишни узи Галаба унда маглуб еки шармандалар булмайди,фаросатингизга айтувдим
   
16 okt 16:38:09
Aziz Alimov
ЖЧ га оптимал таркиб боради деб ким кафиллик бера олади? Хеч бир уйинчи жарохат олмайди деб булмайди. Уша Шомуродов, Хусанов, Файзуллаев яна бошка етакчилар жарохат олса нима булади. Бирорта уйинчимиз жисмонан тайер эмас ЖЧ га, бу жисмоний тайергарлик билан уз жамоаларида кандай уйнашяпти хайронман....
   
16 okt 11:20:41
FAQAT OLG'A
fc Surxon foydalanuvchining fikriga javob berish
Jahon chempionatida ko'p futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari kerak. Bu musobaqaga Yevropa skautlari keladi. Yevropa klublariga o'tishga zor imkoniyat
Judq zor oynashlariga oshonmayman nechchi yildan beri koraman maglubyatga uchrayotib vaqt oz qolganda bemalol yonga orqa pas oynaydi tez charchaydi braklar kop intilish maglubyatga uchrayotganda boshidan bir bosh baland sakrab prime darajani yoqmaydi kembeklar total ustunlik qilish jangchilik ruhiyati yoq umuman hayotdan hafa marsdan tushgan odamga oxshaydi
   
16 okt 11:00:05
fc Surxon
Jahon chempionatida ko'p futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari kerak. Bu musobaqaga Yevropa skautlari keladi. Yevropa klublariga o'tishga zor imkoniyat
   
16 okt 08:26:53
ㅤㅤㅤ
O'zbegimVatanim foydalanuvchining fikriga javob berish
Stevica Risticga oʻxshirkan rasmdigi
Manimcha oʻsha
   
16 okt 08:07:46
safo78
Бундан буёгига ЖЧ чиқиш унчалик муаммо эмас,муносиб қатнашиш муаммо бўлиб қолади.
Хозирги даражамиздан келиб чиқиб,битта ғалаба билан қайтсак ҳам катта ютуқ,шармандачиликдан худо асрасин
   
16 okt 07:13:08
O'zbegimVatanim
Stevica Risticga oʻxshirkan rasmdigi
   
16 okt 06:42:10
Аваз Худойқулов
Ҳаммада ҳадик бор, терма жамоа ҳаммамизники, жч га чиққан бўлсакда масъулият жуда катта, осиё шарафини, Ўзбекистон шарафини муносиб ҳимоя қилишимиз керак!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика