So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

"Bu mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas, Osiyo grandi bilan qo'rqmay o'ynagani uchun ham rahmat" - "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvi mutaxassis nigohida Yangiliklar

"Bu mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas, Osiyo grandi bilan qo'rqmay o'ynagani uchun ham rahmat" - "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvi mutaxassis nigohida

Elit OCHLdagi ilk bahsida Qarshining "Nasaf" klubi Jiddada Osiyoning grand jamoasi - "Al-Ahli"ga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo'limda "ajdarlar" sensaciya yarata olib, amaldagi g'olibni qiyin ahvolga solishdi. Biroq ikkinchi bo'limda raqib safidagi yulduzlar o'z so'zini aytib, g'alabaga erishishdi. Bellashuv haqida futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaev quyidagicha fikr bildirdi.

— "Nasaf" jamoasining Saudiya Arabistoni klublari bilan to'qnashuvidan ko'ryapmizki, jamoa bu musobaqaga katta tayyorgarlik ko'rmagan. Qaysi manoda? "Nasaf"ning umumiy futbolchilarining narxi 10 million evro bo'lsa, "Nasaf" bilan o'ynaydigan Saudiya klublarining narxlari 17–20 baravar baland hisoblanadi. Raqiblar tarkibida saviyasi juda baland futbolchilarga teng tarkib yig'ishi imkonsiz edi. Shuning uchun "Nasaf" munosib qatnashib, top futbolchilarga qarshi o'ynab yoshlarning tajribasi ortishi foyda bo'ladi.

"Nasaf" asosiy etiborni ichki chempionatga, chempionlikni saqlab qolishga qaratganini sezish ham mumkin. Kechagi o'yinni "Nasaf" juda yaxshi boshladi, raqib xatolaridan unumli foydalanishdi. Norchaevni yaxshi poziciyalarga chiqarishdi va u ikkita imkoniyatdan maksimal foydalandi. Ammo "Al-Ahli" jamoasi futbolchilari yarim kuch bilan o'zlarini toliqtirmay, jarohatlarga yo'liqmasdan g'alaba qozonmoqchi bo'ldi. Lekin bu amalga oshmaganini ko'rib, tanaffusdan so'ng bor kuchlarini ishga solishdi. "Nasaf" bunga qarshi hech narsa qila olmadi.

Tezkor kombinaciyalar uyushtirilishi, raqiblarning tezkor harakatidan "Nasaf" futbolchilari to'pni ko'rmay qolgan holatlari ham bo'ldi. O'z paytida "Chelsi", PSV, "Manchester Siti" etakchilari bo'lgan futbolchilar bor kuchlarini ishga solsa, Superliga jamoalari qarshilik ko'rsata olmasligi yaqqol namoyon bo'ldi. Buni to'g'ri tushunish kerak, chunki mahorati ikki xil bo'lgan jamoalar uchrashdi.

— Bunda "Al-Ahli" g'alaba qozondi. Bunday jamoalar o'yinda birdan burilish yasay olishini ko'rdik. "Nasaf" maydonni boshini tik tutgan holda tark etsa bo'laverardi. Mahalliy ishqibozlarni, raqibni qo'rqitib yubordi. Amaldagi Elit OCHL g'olibini birinchi bo'limda mag'lubiyatga uchrata olgani katta sensaciya edi. Bu o'yinda "Nasaf" futbolchilarini koyimaymiz, chunki keyingi o'yinlarda ham oson bo'lmasligini hamma bilib turibdi. "Al-Hilol", "Al-Ittihod" kabi raqiblar bor. Sakkiztalikka kirish uchun "Nasaf"ga kamida 9 ochko kerak bo'ladi. Lekin bu oson bo'lmaydi. "Traktor", "Al-Shorta", "Sharja" kabi jamoalardan ochko olishi mumkin.

Shunday ekan, bu mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas — to'g'ri qabul qilish kerak. Ko'p futbolchilarimiz yanada zo'r o'yinchi bo'lib o'sishi uchun dars bo'ladi, deb o'ylayman. OCHLda natijani ortidan quvlash "Nasaf"ga hech narsa bermaydi, raqiblar grand jamoalar. Shu bois "Nasaf"ga ajoyib o'yin uchun, qo'rqmay harakat qilgani va hissiyotlar ulashgani uchun rahmat aytaman. O'zim bevosita stadiondan o'yinni kuzatdim. "Nasaf"ning Osiyo grandiga qarshi qo'rqmagani va o'z kuchini ko'rsata olgani uchun qoyil qolish kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
17 okt 22:28:45
Odiljon
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Shuncha nuqta. Morze alifbosi bo‘b ketibdi-ku
Nuqta qoymsam sozlar. Ozgarib ketyapti
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика