La Liga. “Barselona” Seten boshqaruvidagi ilk mag'lubiyatini "Valensiya"dan qabul qildi
25 jan 2020 21:55
Yangiliklar
La Liga. “Barselona” Seten boshqaruvidagi ilk mag'lubiyatini "Valensiya"dan qabul qildi
Uchrashuvning 12 daqiqasidayoq mezbonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq, 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Maksi Gomesning zarbasini kataloniyaliklar posboni Mark-Andre Ter SHtegen qaytardi.
2-taym boshida Xordi Alba to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborib, avtogol muallifiga aylandi. 77 daqiqada esa Gomes o'yin avvalidagi xatosini to'g'rilab bu safar Ter SHtegenni ojiz qoldirdi. SHu tariqa, Kike Seten “Barsa” boshqaruvidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Valensiya – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)
«Mestalya»
Gollar: 1:0 – 48, avtogol Alba, 2:0 – 77 Maksi Gomes.
Valensiya – Domenek, Gayya, Garay, Gabriel Paulista, Vass, Soler (Sobrino, 90), Ferran Torres, Kondogbia, Koklen, Gameyro (Rodrigo, 59), Maksi Gomes (Kosta, 80).
Barselona – ter SHtegen, Umtiti, Pike, Serdji Roberto, Alba, de Yong (Rakitich, 85), Buskets, Artur (Vidal, 56), Fati (Kolyado, 85), Messi, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Pike (10), Umtiti (43), Buskets (52), Koklen (54).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar