Kurtua: "Navasning ketgani menga katta yordam bo'ldi"
30 dek 2019 19:41
Yangiliklar
Kurtua: "Navasning ketgani menga katta yordam bo'ldi"
"Real" posboni Tibo Kurtua sobiq jamoadoshi Keylor Navas haqida fikr bildirdi.
"Yakunda barchasi hozirgidek bo'ldi. Kimlar bilandir munosabatingga putur etsa, unga bir og'iz so'z ham aytmaysan. Biroq u asosiy raqobatchim bo'lsa-da, munosabatlarimiz yaxshi bo'lgandi.
Fakt shundaki, u bu erda yo'q, bu esa menga yordam bermoqda. Endi hech qanday bahslar ham, munozaralar ham bo'lmaydi. Ayrim odamlar esa ikki eng kuchli darvozabon bir joyda asosiy tarkib uchun kurashishi yaxshiroq deb hisoblashgandi. Ammo men yoki Navas ham zaxirada o'tiradigan darvozabon emasmiz.
Alfons Areolya bilan ham katta raqobat ketmoqda. U ham dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri.
Kundalik talablar o'zgarayotgani yo'q. Asosiysi, klub tashqarisidagi ayrim bahslarga chek qo'yildi", - dedi Kurtua.
Fikrlar