So’nggi yangiliklar

07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  0 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  4 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  40 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14

Kunde uch marta kech qolib, zaxirada qolib ketgani uchun "Barselona" xodimlaridan yordam so'radi Yangiliklar

Kunde uch marta kech qolib, zaxirada qolib ketgani uchun "Barselona" xodimlaridan yordam so'radi

Jyul Kunde mashg'uotlarga kechikmaslik uchun yordam so'radi.

"Barselona" himoyachisi avvalroq taktik yig'ilishlarga kechikib kelgani tufayli asosiy tarkibdan chetlatilgan edi. Bunday holat uch marta – "Alaves", "Espanol" va "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinlarda sodir bo'lgan.  

"Barsa" bosh murabbiyi Xansi Flik tartibga rioya qilish masalasida qatiy poziciyada. U bir daqiqa kechikib kelgan har qanday o'yinchini tarkibdan chiqarib qo'yishga tayyor.  

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, yana kechikishlarning oldini olish uchun Kunde jamoani safarlar va yig'inlarda hamrohlik qiladigan xavfsizlik xizmati xodimlaridan Flikning taktik yig'ilishi boshlanishidan 15 daqiqa oldin unga eslatib turishlarini so'ragan. Jyul mavsumning muhim o'yinlari oldidan tavakkal qilgisi yo'q.  

Aytilishicha, franciyalik bu muammoni o'zi hal qilishga uringan, ammo oxir oqibat uni mehmonxonadan chiqish payti kelganini aytib turishlarini maqul ko'rgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика