So’nggi yangiliklar

23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  4 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  10 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  17 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  15 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  1 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5

"Barselona" 2022/23 yilgi mavsumning oxirida "Bavariya"ga bonus to'lamaslik maqsadida Levandovskidan boshqa gol urmaslikni so'ragan Yangiliklar

"Barselona" 2022/23 yilgi mavsumning oxirida "Bavariya"ga bonus to'lamaslik maqsadida Levandovskidan boshqa gol urmaslikni so'ragan

"Barselona" Levandovskidan "Bavariya"ga bonus to'lamaslik uchun gol urmaslikni iltimos qilgan.

"Barselona" Robert Levandovskidan "Bavariya"ga bonus to'lamaslik maqsadida gol urmaslikni so'ragan. Bu malumot hujumchining Sebastyan Stashevskiy tomonidan yozilgan va Polshada nashr etilgan tarjimai holida keltirilgan. "Levandovski: Haqiqiy" nomli kitobda "Barsa"ning hujumchidan La Liga 2022/23 mavsumining so'nggi o'yinlarida gol urishni to'xtatishni so'ragani haqida yozilgan. Buning sababi, agar u 25 tadan ortiq gol ursa, transfer shartnomasida ko'rsatilgan bonusni to'lashga majbur bo'lishi edi. Aytilishicha, kataloniyaliklar klubning moliyaviy qiyinchiliklarini sabab qilishgan.


Kitobda yozilishicha, "blaugrana" Xavi boshchiligida La Ligada g'alaba qozongach, mashg'ulotdan so'ng Levandovskiy bir necha rahbarlar, shu jumladan prezident Joan Laporta bilan uchrashish uchun kabinetga taklif qilingan. Stashevskiyning so'zlariga ko'ra, direktorlardan biri unga kutilmagan taklifni bildirgan: "Robert, biz sizning so'nggi o'yinlarda gol urmasligingizni xohlaymiz." Shunda futbolchi unga hayron bo'lib qaragan. Kitobda takidlanishicha, "garchi chempionlik unvoni va eng yaxshi to'purar mukofoti allaqachon aniqlangan bo'lsa-da, o'n yildan ortiq vaqt davomida eng yuqori darajadagi faoliyati davomida hech kim undan gol urishni to'xtatishni so'ramagan edi"


Kitobda aytilishicha, "Barsa" polshalik hujumchi chempionatdagi 25 ta goldan oshib ketsa, "Bavariya"ga qo'shimcha 2,5 million evro bonus sifatida to'lashi kerak bo'lgan. Natijada Levandovski so'nggi ikki o'yinda birorta ham gol ura olmagan va o'sha mavsumda uning hisobida La Ligada 23 ta gol qayd etilgan.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика