Suares: "Men doim tanqid bilan kurashganman"
20 noy 2025 16:29
Yangiliklar
Suares: "Men doim tanqid bilan kurashganman"
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares tanqidga o'rganib qolganini aytdi.
"Men doim tanqid bilan kurashganman. 18 yoshimda "Nasonal" safida debyut qilganimda, imkoniyatlarni qo'ldan boy berganim uchun tanqid qilishgan... Niderlandiyada menga semizsan deb aytishardi. "Liverpul"da esa intizom yo'qligidan nolishardi. Keyinchalik, "Barselona"da esa yomon seriya paytida tanqidga uchraganman", – dedi Suares.
38 yoshli urugvaylik futbolchi Evropada "Groningen", "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" va "Atletiko" jamoalarida o'ynagan. Faoliyati davomida klub darajasidagi barcha musobaqalarda 857 o'yinda 515 ta gol urgan va 278 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar