So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  4 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  4 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  28 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

Iordaniya termasi himoyachisi: "Ishimiz yakuniga etgani yo'q. Finalda g'alaba qozonamiz" Yangiliklar

Iordaniya termasi himoyachisi: "Ishimiz yakuniga etgani yo'q. Finalda g'alaba qozonamiz"

Qatarga qarshi o'tkaziladigan Osiyo kubogi final o'yinidan oldin Iordaniya terma jamoasining 17-raqamda to'p tepuvchi tajribali himoyachisi Salim Al Ajalin hal qiluvchi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Bizning jamoa darvozabondan tortib hujumchigacha bir tizimda ishlaydi. Birgalikda mehnat qilamiz, himoya hujumdan boshlanadi.

Hujum chizig'imiz juda kuchli, lekin himoya qo'rg'onimiz bilan ham maqtana olamiz. Bu bosqichga aynan ishonchli orqa chiziq sabab etib keldik. Final o'yini doim mayda detallarga bog'liq bo'lgan. Bu o'yinda alo darajada harakat qila olaman deb umid qilaman.

Iordaniya finalga chiqqanidan faxrlanadi. Biroq, ishimiz yakuniga etganicha yo'q. Finalda g'alaba qozonamiz, deb o'ylayman. SHu tariqa muxlislarimizga baxt ulashamiz.

Hal qiluvchi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha narsamiz bor. Hech narsaga chalg'iganimiz yo'q, final o'yiniga to'liq tayormiz.

Faoliyatimizdagi ehtimol eng muhim o'yinda qatnashamiz. Oilamiz yonimizda ekanligi shu o'rinda katta motivaciya beradi. Ular stadionda bizni qo'llab-quvvatlashadi. Bu butunlay o'zgacha his", -deydi Salim Al Ajalin.

Eslatib o'tamiz, Iordaniya va Qatar termalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yini 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика