So’nggi yangiliklar

07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  0 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуран ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  26 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  8 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25

Ignatiy Nesterov: "Jamoa menga, men jamoaga yordam berdim" Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: "Jamoa menga, men jamoaga yordam berdim"

KXDRga qarshi o'yin qahramonlaridan biri shubhasiz darvozabonimiz Ignatiy Nesterov bo'ldi.
Uchrashuvning so'nggi soniyalarida raqib futbolchisining qaytarib jamoamizni goldan qutqarib qolgan posbonimiz o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. 

- O'yin so'nggida mo'jizaviy vaziyat ro'y berdi...
- Bu mo'jiza emas. SHunchaki men jamoaga, jamoa menga yordam berdi. Futbol jamoaviy o'yin, unda bitta odam o'ynamaydi. Yutuq ham barchaniki.

- Yodingizda bo'lsa Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda ham deyarli shunday vaziyat ro'y bergandi.
- Ha o'shanda ham havodan oshirilgan to'p oxir-oqibat darvozamizga kirib ketgandi. Bu futbol, gohida to'pni qaytarsa bo'ladi, gohida buning iloji bo'lmaydi.

- Yomg'ir yoqqani futbolchilarga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?
- Menimcha yomg'ir yoqqani bizga foyda bo'ldi. Sababi yomg'ir tingach yigitlar o'ziga keldi va bir qator vaziyatlar sodir etildi.

- Birinchi bo'limda bitta xatoga yo'l qo'ydingiz. O'sha vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Ismoilov va Mullajonov raqib futbolchisini qo'riqlashayotgandi. Men to'pga chiqib uni ushlamoqchi bo'lganimda hujumchi turtib yubordi. Hakam o'sha vaziyatda qoida buzilmadi deb topdi. Yaxshiyam Anzur xatoni to'g'riladi.

- Butun o'yinni olsak KXDR qanday taassurot qoldirdi?
- Raqib bizdan cho'chibroq o'ynadi. Ular himoyada harakat qilib asosan qarshi hujumda o'ynashdi. Bitta bo'yi uzun hujumchisi bor ekan, ko'p to'p uzatishlar unga qaratildi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Sidney
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика