Hatto Polsha Birinchi ligasi vakili ham Balotelli bilan shartnoma imzolashni xohlamadi
25 dek 2025 19:20
Yangiliklar
Hatto Polsha Birinchi ligasi vakili ham Balotelli bilan shartnoma imzolashni xohlamadi
Yaqinda uning "River Pleyt"ga o'tishi haqida yana gap-so'zlar paydo bo'ldi, biroq unga Evropadan ham qiziqish bo'lgan.
"Super Mario" xizmatlariga Polsha Birinchi ligasida 6-o'rinda borayotgan Krakovning "Vechista" jamoasi qiziqish bildirgan, ammo klub vice-prezidenti Slavomir Peshko bu mavzu juda tez yopilganini aytdi.
Ha, shunday bo'lgan. Rostdan ham. Ammo men uning ijtimoiy tarmoqlardagi mashg'ulotini ko'rdim — u qanday holatda ekanini. Shundan keyin bu fikrdan voz kechdim", — dedi Peshko "Kanał Sportowy"ga.
Polshalik jurnalist Pyotr Kozminski esa transfer amalga oshmaganining boshqa sababini keltiradi. Uning malumotlariga ko'ra, Polshadagi eng boy klublardan biri sanaladigan "Vechista" Balotellining moliyaviy talablarini qondirishga qodir bo'lmagan, shuningdek, futbolchining o'zi ham bunday past darajada o'ynashni istamagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar