Rasman: Xose Mariya Mendes O'zbekiston futzal MTJga qaytdi!
10 mar 13:58
Yangiliklar
Rasman: Xose Mariya Mendes O'zbekiston futzal MTJga qaytdi!
"O'zbekiston futzal federaciyasi hamda murabbiy o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
Mendes mamlakatimiz futzal ishqibozlariga yaxshi tanish. U muqaddam ikki bor O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan: dastlab 2011-2012 yillarda, so'ng 2014-2017 yillarda. Uning rahbarligi ostida terma jamoamiz Osiyo chempionatida 2014 yilda bronza, 2016 yilda esa kumush medalni qo'lga kiritgan.
52 yoshli Xose Mariya Pazos Mendes — Pulpis 1974 yil 28 mart kuni Ispaniyaning Lugo shahrida tavallud topgan. Futzalchilik faoliyatini o'zining qadrdon shahri jamoalari — “Lugo” hamda “Autos Lobelle” klublarida darvozabon sifatida boshlagan.
1996 yilda klub rahbariyati bosh murabbiyni istefoga chiqargach, ushbu lavozim Mendesga taklif etiladi. Shu tariqa u 22 yoshida o'yinchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlaydi.
Ikki yillik faoliyatdan so'ng u boshqa klublardan takliflar oladi va “Melilya”, “Kafe Kandelas Lugo”, “Valensiya”, Xorvatiyaning “Orkan”, shuningdek, “Barsel” jamoalarida ishlaydi.
2008-2009 yillarda Tailand, 2010 yilda esa Vetnam milliy terma jamoasini boshqargan. Shundan so'ng uning O'zbekiston bilan bog'liq faoliyati boshlandi. Milliy terma jamoamizdan tashqari, 2016-2017 yillarda mamlakat chempioni “Ardus” klubida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga asos solib, qator iqtidorli futzalchilarni kashf etgan.
2019-2026 yillar davomida u yana Tailandda faoliyat olib bordi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vice-chempioni, bronza medali sovrindori, shuningdek, klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati hamda Osiyo kubok egalari kubogi g'olibi bo'lgan", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar