So’nggi yangiliklar

22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  0 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  0 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  3 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  8 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  10 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  4 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  17

Pulpisning O'zbekistondagi uchinchi sarguzashti. Vazifa o'zgarmagan, lekin bu safar avlod boshqa Yangiliklar

Pulpisning O'zbekistondagi uchinchi sarguzashti. Vazifa o'zgarmagan, lekin bu safar avlod boshqa

O'zbekiston futzal terma jamoasida begona bo'lmagan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes ish boshladi.

 Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes, yani muxlislar yaxshi tanidigan Pulpis, milliy jamoadagi faoliyatini uchinchi marta boshladi. Bir qarashda bu oddiy tayinlovdek tuyulishi mumkin. Ammo vaziyatga chuqurroq nazar tashlasak, bu galgi missiya avvalgilaridan ancha farq qiladi.

Birinchi ish — tanishuv

Bu bosqichni "tanishuv" deb atash bejiz emas. Chunki Pulpis ikkinchi marotaba kelgan va mundialga olib chiqqan yilda O'zbekiston futzali muhitiga ancha moslashgan holda ish boshlagan edi.

2012 yilgi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng kelgan navbatdagi ciklda ham terma jamoa tarkibi keskin o'zgarib ketmagandi. Jamoaning asosiy o'zagi saqlanib qolgan, ko'plab ijrochilar Pulpisga yaxshi tanish edi. U futbolchilarning imkoniyatlarini, xarakterini va maydondagi imkoniyatlarini yaxshi bilardi. Bu esa murabbiy uchun muayyan darajada engillik yaratgan.

Albatta, Pulpis o'zbek mentaliteti, futzalchilarning ruhiyati va mahalliy futzalning o'ziga xos jihatlarini yaxshi biladi. Biroq bugungi kundagi avlod bilan vaziyat ancha boshqacha. Hozirgi tarkibda ispaniyalik mutaxassis uchun deyarli yangi bo'lgan futzalchilar ko'pchilikni tashkil qiladi.

Nomlar miqyosida qaraydigan bo'lsak, Pulpis bilan avval ishlagan futzalchilar soni juda kam. Uning qo'l ostida O'zbekiston U-20 terma jamoasida to'p tepgan Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov va Ilhom Hamroev kabi o'yinchilarnigina misol keltirish mumkin. Qolganlar uchun esa bu murabbiy ham, qarashlari ham yangi.

Shu bois Pulpis uchun birinchi vazifa — jamoani tezroq o'rganish, yangi avlod bilan ishlash va ularning potencialini to'g'ri baholab, maksimal natija ko'rsatishdan iborat bo'ladi.

Uchinchi sarguzasht boshlandi

Ispaniyalik mutaxassisning O'zbekiston futzali bilan bog'liq tarixi ancha boy.

Pulpis ilk bor 2011 yilda O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. Uning oldiga juda muhim vazifa — jamoani 2012 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqish talabi qo'yilgan edi. Biroq BAA mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida vakillarimiz chorak finalda Eronga 3:6 hisobida mag'lub bo'lib, mundial yo'llanmasidan quruq qolgan.

Shundan keyin bir necha yil o'tib, 2015 yilda Pulpisga yana bir imkoniyat berildi. Bu safar vaziyat ancha boshqacha edi. Osiyo chempionati Toshkentda bo'lib o'tdi va milliy jamoa o'z muxlislari oldida tarixiy natijaga erishdi. Terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor futzal bo'yicha Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu natija Mendes nomini o'zbek futzali tarixi bilan uzviy bog'lab qo'ydi.

Shuningdek, u faqat milliy jamoa bilan emas, yoshlar bilan ishlashda ham malum natijalarga erishgan. 2017 yilda O'zbekiston U-20 terma jamoasi uning qo'l ostida Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan. Bu natija ham kelajak avlod uchun muhim tajriba bo'lgan, ko'plab yangi nomlarni kashf qilgan.

Klub darajasida esa u malum muddat "Ardus" jamoasida faoliyat yuritgan.

Bularning barchasi Pulpisning O'zbekiston futzalidagi izi ancha chuqur ekanini ko'rsatadi. 

Oldindagi asosiy vazifa — Jahon chempionati yo'llanmasi

Keyingi, 2028 yilda o'tkaziladigan Osiyo chempionati Jahon chempionatiga yo'llanma uchun muhim saralash bosqichi vazifasini o'taydi. Demak, terma jamoa oldida turgan eng asosiy maqsad — aynan shu musobaqa orqali mundialga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritish.

Bu borada bosh murabbiy Pulpis oldida juda masuliyatli davr boshlanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mutaxassis bilan imzolangan ikki yillik shartnoma mutlaqo mantiqiy qaror sifatida baholanishi mumkin.

Ispaniyalik mutaxassis bu vazifani avval ham uddalagan, yani jamoani muhim turnirlar orqali katta musobaqalarga olib chiqish tajribasiga ega. Endi esa u yangi avlod futbolchilari bilan ishlab, yana bir bor shu yo'lni bosib o'tishga harakat qilib ko'radi.

Yangi avlod – yangi sinov

Pulpis uchun bu galgi vazifa avvalgilaridan ko'ra murakkabroq bo'lishi mumkin. Chunki u endilikda tanish jamoa emas, balki deyarli yangi avlod bilan ishlashga to'g'ri keladi. 

Bu esa murabbiydan nafaqat taktik bilim, balki to'g'ri selekciya, psixologik yondashuv va jamoani bosqichma-bosqich shakllantirishni talab qiladi. Pulpis O'zbekiston futzalida allaqachon o'z nomini qoldirgan. Ammo uchinchi sarguzasht uning bu erdagi eng muhim va eng sinovli bosqichiga aylanishi mumkin. Bu avvalgilaridan butkul farq qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
11 mar 15:41:40
irgashevirgashev@gmail.com
2024 jaxon kubogi va osiyo 2026 kubogi.da. terma jamoa o'ta o'ta saviyasiz sharmandalarcha ishtirok etdi. Xush kelibsan pulpis ikkinchi vataninga.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика