O'FA rahbariyati Yangi Toshkent stadioni qurilish jarayoni bilan tanishdi
13 mar 19:58
Yangiliklar
O'FA rahbariyati Yangi Toshkent stadioni qurilish jarayoni bilan tanishdi
Xabaringiz bor, 2027 yil O'zbekiston va Ozarbayjonda o'tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U‑20 Jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida Prezident qarori ijrosi doirasida ayni vaqtda Yangi Toshkent stadioni qurilish ishlari davom etmoqda.
"Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Yangi Toshkent stadionida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O'FA birinchi-vice-prezidenti Ravshan Ermatov Yangi Toshkent stadioni quruvchilari bilan uchrashib, ish jarayonlarini o'rgandi. Qurilishda birinchi navbatda sifat, xavfsizlik va qulaylik masalalariga jiddiy etibor qaratish zarurligi takidlandi. Masullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Ushbu stadion FIFAning barcha talablarini bajara olishi va jahon standartlariga to'liq mos kelishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u xalqaro musobaqalarni yuqori sifatda mezbonlik qilish imkonini beradi hamda futbolchilar va muxlislar uchun qulay sharoitlarni yaratadi", – deyiladi O'FA matbuot xizmati xabarida.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar