Grizmann "Atletiko"ga qarshi o'yindagi xatosi haqida gapirdi
10 jan 2020 10:44
Yangiliklar
Grizmann "Atletiko"ga qarshi o'yindagi xatosi haqida gapirdi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" "Atletiko"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"O'yin so'ngida raqibda kuch ko'proq edi va buning barchasi bizga qimmatga tushdi. Xatolarni tahlil qilish kerak. Men Umtitiga pas berilgan vaziyatda xatoga yo'l qo'ydim. Aynan shunday kichik xatolar chempionat va ECHLdagi muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin", — deydi Grizmann.
Takidlab o'tish kerak, Grizmann kecha o'zining sobiq jamoasiga gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar