Gennadiy Kochnev: "Ospina birinchi bo'limda sariq kartochka olgandi"
05 sen 2022 22:33
Yangiliklar
Gennadiy Kochnev: "Ospina birinchi bo'limda sariq kartochka olgandi"
Pro-liganing qoldirilgan 16-turi doirasidagi "SHo'rtan" - "G'ijduvon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Birinchi bo'limni mag'lubiyat bilan tugatdik. "SHo'rtan" dastlabki bo'limda juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Himoyachimizning xatosidan so'ng o'z darvozamizdan gol olib chiqdik.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirdik va o'yinimiz kuchaydi. Mezbonlar penaltini golga aylantira olmagani ham jamoamizga qo'shimcha kuch bergandi, biroq baribir yakunda mag'lubiyatga uchradik.
- Jamoa legioneri Estevan Ospina nega zaxiraga olindi?
- U birinchi bo'limda sariq kartochka ishlab olgandi. Ehtimoliy yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ikkinchi kartochkani oldini olish maqsadida uni zaxiraga oldik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar