So’nggi yangiliklar

13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  1 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   2 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  6 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  2 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  10 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  3 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  16 08:26"Динамо" етакчиларидан бири жамоани тарк этди  3 08:00Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026даги эҳтимолий рақиби Конго ДРнинг Африка Миллатлари Кубоги учун қайдномаси маълум  22 07:29Суперлига плей-офф. Бугун "Арал"нинг рақиби маълум бўлади  14 03:05ЕЧЛ. Салоҳсиз "Ливерпуль" меҳмонда "Интер"ни мағлубиятга учратди  19

Transfermarkt va Championat.asia 2025 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi Yangiliklar

Transfermarkt va Championat.asia 2025 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi

Ikki sayt hamkorligi doirasida mavsumning ramziy jamoasi, eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi.

So'rovnomada Championat.asia ijodkorlari va Transfermarkt rus bo'limi xodimlari ishtirok etdi.

Umumiy ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Anvarjon G'ofurov ("Neftchi"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Ikrom Aliboev ("Neftchi"), Bashar Resan ("Paxtakor"), Jamshid Iskanderov ("Neftchi")
Hujumchilar: Xurshid G'iyosov (OKMK), Lyupcho Doriev ("So'g'diyona"), Igor Sergeev ("Paxtakor").



Individual sovrinlar quyidagilarga nasib qildi: 

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Igor Sergeev mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. “Paxtakor” hujumchisi mavsum davomida 29 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan u chempionat to'purari ham bo'ldi. Uning jamoadoshi Hojiakbar Alijonov ikkinchi o'rinni oldi. Uchinchi pog'onaga "Neftchi" bilan chempionlikka erishgan Jamshid Iskanderov joylashdi.


Vitaliy Levchenko mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Neftchi" uning qo'l ostida 24 yillik tanaffusdan keyin yana O'zbekiston chempioni bo'ldi. "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov band etdi.



"Sherlar" posboni Vladimir Nazaraov Superligada mavsumning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U ramziy termamizdan ham joy oldi. Nazarov 22 ta o'yinda maydonga tushib jami 11 ta to'p o'tkazib yubordi va 15 ta bahsda gol o'tkazmadi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Botirali Ergashev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi qatordan "Qo'qon-1912" darvozaboni Azizxon Isaqov joy oldi.


"Surxon" hujumchisi Rustam Turdimurodov mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'ldi. 21 yoshli futbolchi birinchi davrani "Andijon" safida o'tkazdi. U Superligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Turdimurodov nafaqat Superligada, U-23 Osiyo kubogi saralashida ham ishonchli o'yin ko'rsatdi va 4 ta gol urdi. Nodir Abdurazzoqov ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rin "Dinamo"ning 19 yoshli futbolchisi Oybek O'rmonjonovga nasib etdi.



O'zbekistonning mamlakat tashqarisidagi eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodov bo'ldi. 30 yoshli hujumchi bu yilni "Roma"da boshladi va Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida tugatmoqda. Terma jamoamiz sardori Rim klubida 2025 yilda barcha musobaqalarda 24 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. "Bashakshehir" safida 21 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Eldor bu yil terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqdi, CAFA va Al Ain turnirlari g'olibiga aylandi. Milliy jamoa libosida 10 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
10 dek 13:29:30
Ravshan Pulatov
2025 йил мураббийи ТИМУР КОПАДЗЕ булиши керак эди деб уйлайман бу менинг фикрим
-2   
10 dek 13:13:05
Маратик
Битта хакамниям кушмаптида сохтакор уйинчиси деп,шу одамлар худодан куркишармиканлар,маскарабозлар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика