So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  3 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  118 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Farhod Abdullaev: "O'zbekistonda hakamlikni yana avvalgi yuqori darajaga olib chiqsa bo'ladi..." (eksklyuziv intervyu) Yangiliklar

Farhod Abdullaev: "O'zbekistonda hakamlikni yana avvalgi yuqori darajaga olib chiqsa bo'ladi..." (eksklyuziv intervyu)

Qatarda davom etayotgan Jahon chempionatida o'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev faoliyat olib bormoqda.

Dunyoning eng kuchli va saralangan hakamlari ishlarini tahlil qilish, ularning xatolarini ko'rsatish va yangiliklardan xabardor qilish bilan shug'ullanayotgan Farhod Abdullaev vaqt tig'izligiga qaramay, championat.asia saytiga intervyu berdi. SHu o'rinda bir malumot, Jahon chempionati vaqtida instruktorlar va hakamlar FIFA ruxsatisiz intervyu berishi taqiqlangan. Saytimiz o'quvchilari nomidan Farhod Abdullaev va FIFAga ruxsat uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Malumot uchun, Farhod Abdullaev 6 ta Jahon chempionati, 2 ta Osiyo Kubogi va va Olimpiya o'yinlarida instruktor sifatida ishlagan. 150 dan ziyod xalqaro seminarlar o'tkazgan, FIFAning Top-10 instruktorlari qatoriga kiradi, FIFAning Top-5 VAR instruktoridan biri hisoblanadi, o'z vaqtida OFK hakamlar akademiyasida etakchi instruktor bo'lib ishlagan, ayni paytda Saudiya Arabistoni hakamlar qo'mitasi direktori hisoblanadi.




- Jahon chempionati oldidan FIFA hakamlikka qanday o'zgartirishlar kiritdi?

- Hakamlik bo'yicha ko'zga ko'rinarli katta yangiliklar kiritilmadi. Futbolga texnologiyalar kirib kelmoqda, lekin bunga qadar "Goal line" texnologiyasini ishlatganimiz, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini aniqlaydigan tizim oldingi mundiallarda ham ishlatilgan. Hamma milliy chempionatlarda ham u texnologiya mavjud emas. Lekin Qatardagi musoboqada bir nechta yangi detallar kiritildi. Masalan:,chipli to'p. Nega chipli to'p kerak? CHipli to'p har bir teginishni nazorat qiladi va santimetrlik ofsayd holatlariga aniqlik kiritadi. VAR tizimi bor vaziyatlarda ham bahsli vaziyatlar bo'lib qoladi, VAR tizimining har bir kamerasi ofsayd chizig'ini chiza olmaydi, bor-yo'g'i bitta kamera ofsayd chizig'ini aniqlay oladi. Hakamlarga bu muammo ko'p qiyinchilik to'g'diradi va ko'pincha futbolchilar bir birini to'sib qo'yadi va shunday holatlarda yarim avtomatik ofsaydni aniqlash tizimini juda katta yordam beradi, chunki bu texnologiya zarba holatini sekundlargacha aniqlab, o'yinchilar joylashuvini ko'rib chiqib, ofsaydni xatosiz aniqlaydi. Va yana chipli to'pning ustunligi shundaki, futbolchi bosh bilan zarba berganda to'p qo'lga tegib, o'z yo'nalishini o'zgartirishi mumkin. Masalan, shunday holatda gol bo'lsa, VAR tizimi buni aniqlay olmaydi, shunday holatda chipli to'p, zarbadan so'ng yana to'pga teginish bo'lganini aniqlaydi va gol bekor qilinadi.

- Yaqinda bo'lib o'tgan hodisa: Agar Portugaliyaning golida Ronaldu boshi bilan to'pga tekkanda chip ishlar edi va gol Ronalduga tegishli ekanligi aniqlanardi, yani chipli to'p evaziga gol kimga tegishli ekanligini aniqladi, to'g'rimi?

- Biz bunday ishlarga aralashmaslikka harakat qilamiz, bizning maqsadimiz gol toza urilganini aniqlab berish. Agarda musobaqa tashkilotchilari bizdan yordam so'rashsa, ularga gol muallifini aniqlab beramiz, lekin bu bizning vazifamiz emas.

- Ko'p holatlarda 11 metrlik zarbalarda futbolchilar to'pga ikki marotaba teginishar ekan. Bu tez-tez uchrab turadigan holatmi?

- Bunday holatlar juda-juda kam uchraydi, futbolchi to'pni nuqtaga qo'yib, ikkinchi oyog'i bilan teginib ketib keyin zarba berib gol ursa, bu to'pga ikkita teginish va shunday vaziyatda VAR tizimi to'pga ikki marotaba teginish bo'lganini sezadi va gol hisoblanmaydi.

- Bunday holatlarda penalti qayta tepiladimi?

- Bunday vaziyatda erkin zarba belgilanadi, yani darvozasiga penalti belgilangan jamoa erkin zarbani amalga oshiradi.

- Ronaldu "Real"da o'ynagan vaqtlari penalti zarbalarini shunday tepardi va men shu haqda maqola o'qigan edim...

- Bilmadim to'g'risi, qoida bo'yicha bunday tarzda gol urib bo'lmaydi.

- CHipli to'plarni zaryadlash bilan kim shug'ullanadi?

- Aniq biz emas. Texnologiya va shunga bog'liq ishlar bilan "ADIDAS" va FIFAning maxsus departamenti "FTI" shug'ullanadi.

- Har bir uchrashuvga 15 tadan to'p ajratilgan degan malumot bor. SHu gap rostmi?

- Ha, 15 ta to'p ajratilgan.



- Bunday yangi texnologiya futbolni o'ldirib qo'ymaydimi? Kurash kechayotgan paytda millimetrlik ofsaydlar futbol zarariga ishlamaydimi?
- Jahon chempionati bahslarida har bir santimetr, har bir harakat va har bir gol ham juda muhim. Lekin endi ortga yo'l yo'q. Biz futbolga texnologiyalarni olib kirib bo'ldik, endi ularni olib tashlash imkonsiz.

- Zamonaviy texnologiyalar hakamlarning ishini osonlashtiradimi?

- Ha, albatta bunday texnologiyalar hakamlar ishini osonlashtiradi. Oldinlari hakamlarga qiyinroq edi va oldin shunday bahsli vaziyatlarda hakamlar, o'zinig shahsiy fikridan kelib chiqib qaror chiqarar edi. Hozir esa bunday vaziyatlar kamayadi. Tizim va qoidalar hal qilishni boshlaydi, shunday holatlarda hakamning quloqchinida "Gol-gol-gol-gol" degan toshuvlar yangraydi va hakam golni hisoblashi aniq.

- Bunday zamonaviy texnologiyalar futbolga kirib kelganidan so'ng hakamlar tizimga ishonib, o'z ustida ishlashdan to'xtab qolmaydimi?

- Boshidan shunday fikrlar bor edi va boshida hatto hakamlikning kelajagi qanday bo'ladi, degan savollar bor edi. Lekin biz hakamlardan har doim so'nggi qarorni qabul qilishni talab qilamiz. Masalan, Jahon chempionatida ko'p penaltilarda hakamlar so'nggi qarorni o'zlari qabul qilishdi. Bu FIFAning talabi.

- Siz o'zbekistonlik hakamlarni VAR tizimiga o'qitgan ekansiz. O'zbekistonlik nechta hakamda VAR tizimida ishlash uchun licenziya bor? Va ularning soni yana oshadimi?

- Har bir davlatda ham FIFA instruktorlari yo'q. FIFA o'quv jarayoni boshida yordam beradi, keyinchalik ular o'zlari o'quv jarayonlarini davom ettiradi. Men hozir FIFA o'quv jarayonida ishtirok etmayman. Yaqinda Vladislav Ceytlin bilan suhbatlashdim, Valentin Kovalenko bilan ham bilan ham Malayziyada ko'rishgan edik, Ravshan Ermatov bilan ham ko'rishgan edim. Yordam so'rashsa, qo'limdan kelgancha yordam berishga tayyorman, lekin hali hech kim aloqaga chiqmadi va men ham o'zimni taklif etmadim.

- O'zbekiston chempionatini kuzatsangiz kerak. Ushbu mavsum bizda VAR bo'yicha katta savvolar bor edi, hakamlar 5-6 daqiqalab VARni tekshirishayotgan edi. Bu texnika bilan bog'liqmidi? Bizda 4 ta kamera bor. Jahon chempionatida nechta kamera ishlaydi?
- 42 ta kamera.

Farhod Abdullaev: Sizga savol bersam maylimi? O'zbekiston chempionatida nechta jamoa bor?

- 14 ta.

- Savolingizga javob: milliy chempionatda 14 ta jamoa bo'lsa, hakamlarni ham bir jamoa deylik shunda 15 ta jamoa bo'ladi. Mavsum davomida 14 ta jamoa har kuni ikki mahaldan mashg'ulot olib boradi. Endi hakamlar jamoasi-chi? Mavsum davomida nechta mashg'ulot o'tkazishdi? Nechta trening, seminar bo'lib o'tdi? Amaliyot o'tishga imkoniyat berildimi? Tanqid qilishdan oldin sharoit yaratib berish kerak. VARni tanqid qilish, bir nima talab qilishdan oldin sharoit yaratib berish lozim. VARni tanqid qilasizlar, lekin VARga nima yaratib berdingiz, nima qilib berdingiz?




- Jahon chempionatida hakamlar bilan nechta hodim ishlaydi? Fitnes-murrabiy, instruktor va boshqa mutaxassislarning umumiy soni qancha?

- Jami 200 nafar xodim hakamlik delegaciyasida ishlaydi. Ularning ichiga 10 ta instruktor, 8 ta fitnes-murrabiy, shifokorlar jamoasi, IT bo'limidagi xodimlar va biz 10 nafar texnik instruktor kiramiz.

- Demak siz hozirgi vaqtda dunyodagi eng zo'r top 10 ta instruktorlar orasidan joy olgan ekansiz-da?! Oldin bizda eng zo'r hakam bor edi, hozir esa eng zo'r texnik instruktor bor.

- ...)

- IT bo'limidagi hodimlar, nima bilan shug'ullanadi?

- Ular kamera orqali tizimni tekshirishadi. Mashg'ulot jarayonida har xil qiyin vaziyatlar yaratishadi va uni VAR tizimi orqali tekshirishadi, yani bu hakamlar uchun tayyorgarlik jarayoni bo'lib beradi. Hakamlar o'yindan bir kun oldin "minus 1" mashg'ulotini o'tashadi, 3 qator o'yinchilar orasidan vaziyatlarni ko'rib baholashi kerak bo'ladi. O'yindan keyin ham hakamlar mashg'ulot o'tkazishadi, fitnes-murrabiy bilan ham shug'ullanishadi. SHifokorlar ham hakamlarning holatini nazorat qilib turadi.

- Hakamlar o'yinga tayinlanganini qancha vaqt oldin bilishadi?

- Hakamlar uchrashuvga tayinlanganini uchrashuvdan ikki kun avval bilishadi. Hakamlarning hammasi o'yinga tayyor, chunki dunyoning eng kuchli hakamlari kelgan, shu sabab bularning ahamiyati yo'q. Yordamchi hakamlarga taktika bo'yicha yordamchi ham bor. Ular taktikani o'rgatishadi, masalan, kim qanday o'ynaydi, kim provokaciya qiladi, kim sardor.

- Hakamlarni o'yinlarga tayinlashda qanday mezonlar bor?

- Regional joylashuvi, neytral bo'lishi va to'qnash keladigan jamoalarning oldingi uchrashuvlarini boshqarmagan bo'lishi kerak.

- Uchrashuvlarga ko'p qo'shimcha vaqt qo'shilayotganiga nima sabab bo'lmoqda?

- Mundialda zaxiradagi beshinchi hakam ishlaydi, beshinchi hakam gol nishonlash, follar, o'yindagi to'xtalishlarni hisoblaydi. SHu sababli ushbu mundialda ko'proq qo'shimcha vaqt qo'shib berilyapti. Maqsadimiz – sof o'yin vaqtini o'zaytirish. Bunday qarorlar o'yin vaqtini uzaytiradi va milliy terma jamoalar yoki xalqaro turnirlardagi farqni tenglashtirib beradi. Masalan, bizning terma jamoa sof 45 daqiqa o'ynasa, kuchli raqiblar 60 daqiqa sof o'ynagan bo'lsa, ustunlik albatta, ko'proq o'ynagan jamoada bo'ladi va shu sabab biz sof o'yin vaqtini o'zaytirishni lozim topdik.

- Jahon chempionatidagi sof o'yin vaqti necha daqiqa? Ayta olasizmi?

- Barcha qo'shilgan vaqtlarni hisobga olsak ham, 60 daqiqa atrofida.

- Birinchi tur bahslarida juda ko'p vaqt qo'shilayotgan edi. Buning sababi nimada?

- Birinchi turda futbolchilar ko'p vaqt cho'zishdi. Keyingi turlarda esa vaqt cho'zishlar kamaydi.

- Bunday yangilikni Superligamizga olib kirsa bo'ladimi?

- Bu oson narsa. Zaxira hakami vaqtni hisoblab turadi, bo'ldi.

- Nima deb o'ylaysiz, futbol bora-bora futzalga o'xshab vaqtni to'xtatib o'ynaydigan bo'ladimi?

- Xudo ko'rsatmasin.

- SHunday takliflar bor, degan gap eshitgandim...

- Bu haqida hali takliflar bo'lmadi.

- Hakamlarni inspektor nazorat qilib borar edi. Bu safargi mundialda ular ishtirok etmayapti. Hakamlarni Jahon chempionatida kim nazorat qilyapti?

- Instruktorlar.




- VARdagi hakamlarni kim nazorat qiladi?

- Instruktorlar. Bizda xalqaro bo'lim bor. Har bitta o'yinda o'sha erda bo'lamiz. Quloqchinlar orqali hakamlarning suhbatini, VARdagilarning gaplarini eshitamiz, vaziyatlarni nazorat qilib, takrorlarni ko'ramiz. Har bir narsani takrorini ko'ramiz, eshitamiz. VARdagilarning gaplari ham yozib olinadi.

- Demak, o'yin paytida hakamlar turmush o'rtog'iga telefon qila olishmaydi? (kuladi)

- Hamma o'z ish bilan band bo'ladi.

- Janubiy Koreyaning o'yinida Son Xyon Min bir taym sardorlik bog'ichi yaxshi yopishmagani tufayli uni qo'lida olib yurdi. Bunday harakatlar mumkinmi?

- Bu hakamlikka emas, ko'proq tashkilotchilarga tegishli savol.

- Bir uchrashuvda hakam ofsayd holatini noto'g'ri belgiladi, yani ofsayd yo'q vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Bunday vaziyatlarga VAR aralasha oladimi yoki faqat penalti va qizil kartochka holatidami?

- VAR tizimi o'yinga 4 ta holatda aralasha oladi: gol urilganda, qizil kartochka ko'rib chiqilayotganda, penalti tekshirilayotganda va kartochka adashib boshqa o'yinchiga ko'rsatilganda.

- Hattoki sariq kartochka adashib boshqa futbolchiga berilsa ham VAR aralashadimi?

- Ha, sariq bo'lsa ham. Agarda shu 4 ta holatdan biri bo'lmasa, VAR umuman aralashmaydi.

- Men bir maqola o'qigandim. U erda yozilishicha, agar bosh hakam penalti belgilasa, VARdagi hakamlar penaltini bekor qila olishmaydi, hatto u noto'g'ri belgilangan bo'lsa ham...

- Aslida VAR hech nimani bekor qilmaydi. VAR bosh hakamga yordam beradi, yani takrorlarni taqdim etadi va ularni ko'rib chiqib, bosh hakam o'zi qaror chiqaradi. Biz bu haqida seminar ham o'tgan edik.

- Yon hakami ofsayd holatini qayd etsa, hakam darhol emas, hujum tugaganidan so'ng bayroqchasini ko'taryapti. Bu hakamlarga berilgan maslahatmi?

- Agar o'sha hujum so'ngida gol bo'lsa, yon hakami bayrog'ini ko'tarmagani uchun VAR tekshirib, ishonch hosil qilish uchun imkoniyatga ega bo'ladi.

- Kim hozirgi Jahon chempionatidagi hakamlar qo'mitasi jamoasiga kiradi, mashhur sobiq hakamlardan?

- Bu Jahon chempionatidagi hakamlar qo'mitasi, asli FIFAning hakamlar ko'mitasi, u erda har bir konfederaciyadan bitta azo bor.

- Hakamlar bilan suhbat qurish imkoniyati bormi, yani Jahon chempionati vaqtida ular bilan ko'rishish?

- Yo'q, ular turgan mehmonxonaga kirishga harakat qilib ko'ring, bilib olasiz, qanchalik uddalab bo'lmas vazifa ekanligini. Hatto FIFAdagilar ham hakamlar bilan kam ko'rishishadi. Jahon chempionatiga dunyoning eng kuchli hakamlari tashrif buyurishgan. Agar ularga qandaydir takliflar bo'lsa, ular darhol kimga habar berishni bilishadi.

- Jahon chempionatida O'zbekistonlik hakam borligiga o'rganib qolgan edik. Ermatov faoliyatini tugatgani OFK va FIFA uchun ahamiyatlimi?

- Hammaning o'z davri bor, Ravshan albatta, katta yo'qotish, unga o'xshagan hakamlar dunyoda sanoqli. U juda professional, men u bilan ko'p ishlaganman va ayta olamanki, u daho. Ravshanga o'xshagan darajaga etish uchun 10000 soatdan ko'p bu ish bilan shug'ullanish kerak. Men uning ish jarayoniga qanday yondashganini bilan va albatta, bu juda katta yo'qotish. Ravshan tajribasini dunyodagi barcha hakamlarga misol tariqasida keltirish mumkin, lekin afsuski, hozir u o'z tajribasi bilan bo'lishish imkoniyatiga ega emas. Ravshan Ermatov katta talant, lekin 2 foiz talant va 98 foiz mehnat qilish kerak. Biz yoshligimizda Ravshan bilan seminarlar, lekciyalarda ishtirok etardik. Ravshandek bo'lish uchun juda juda ko'p mehnat qilish kerak. Hozir Ravshan OFK inspektori bo'ldi va o'z tajribasi bilan bo'lishadi.

- O'zbekistondan hakamlar katta turnirlarga chaqirilmayapti. Bu O'zbekistonda hakamlik maktabi singanini anglatadimi? Yosh o'zbekistonlik hakamlardan kimni aytib o'ta olasiz?

- Hech kimni ayta olmayman, lekin iqtidorli yigitlar bor. Ko'p ham kuzatib borishga vaqtim yo'q. Men Saudiya Arabistoni chempionatida ishlayman, unga ko'p vaqtim ketadi. OFKda o'z vazifalarim bor, FIFAda ham. SHuning uchun vaqtimni keraksiz narsalarga sarf etmayman.

- Hakamlikka bo'lgan savollarni hal etish uchun nimalar qilishimiz kerak?

- Ishlash kerak, Saudiya Arabistoni ham boshida hakamlardan norozi edi, lekin ishladik va muammolar hal etildi. Hozirgi kunda saudiyalik hakamlar Osiyodagi o'yinlarga jalb etilmoqda va men ularning har bir o'yinini kuzatib boraman,. Bunday muammolarni hal etish uchun birinchi navbatda sharoit yaratib berish kerak, faqatgina lavozimni egallash emas.

- Kosta-Rika – Germaniya uchrashuvini franciyalik ayol hakam Stefani Frappar boshqarib boradi. Futbolchilar tomonidan unga bosim bo'lmaydimi, har holda u ayol kishi... (intervyu o'yindan oldin tashkil etilgan)

- Bo'ladi, chunki u hakam. Hakam har doim bosim ostida bo'ladi. Bu ayol hakamlarning birinchi o'yini emas, axir ular nima qilishni bilishadi. Biz bunga qadamma-qadam etib keldik.




- FIFA prezidenti Janni Infantino hakamga qo'ng'iroq qilib, uni tanqid qila oladimi? (kuladi)

- Bu erda professionallar ishlaydi, qo'ng'iroq qilishning hojati ham yo'q. Hakamlar hatto telefonlarini ham o'chirib qo'yishadi. Ular o'yinga quvvat to'plashadi.

- Hakamlarda Jahon chempionatida hayajon bo'ladimi? Axir, baribir katta turnir-ku. SHunday holatlar bo'ladimi?

- Hayajon bo'lishi kerak, chunki bu odatiy hol. Hakamlarning o'yin oldidan yurak pulsi 150 bo'ladi, lekin o'yin boshlanishi bilan hayajon va hamma narsa yo'qoladi, etibor faqat o'yinda bo'ladi. Ko'p hakamlar o'yindan bir kun oldin o'z telefonlarini o'chirib qo'yishadi. SHu orqali bir kun avval qandaydir noxush xabar eshitib qolish xavfining oldi olinadi. Qisqasi, bir kun oldin ko'pchilik hatto hech kim bilan gaplashmaydi ham.

- Nega O'zbekiston sizdek kadrni yo'qotdi?
- Mutaxassislar ko'p. Bilasizmi, har bir inson yangi darajaga chiqqanda talab oshadi va u o'ziga yangi sinovlar xohlaydi. Saudiya Arabistonida ishlash qiyin, har bir uchrashuvdan so'ng katta tanqidlar bo'ladi, biz tomonga. Men hozir bo'lishim kerak bo'lgan joydaman, lekin mening vatanim O'zbekiston va men buni unutmasligim kerak. Men hali bitta ham yordam so'ragan o'zbekistonliklarga rad javobini bermaganman. Men har doim yordam berishga tayyorman, lekin yordam so'rashmasa, o'zimni taklif etishim noto'g'ri. Men nonini eb katta bo'lgan joyimni unutmayman.

- O'zbekistondagi hakamlikni rivojlantirish va avvalgi darajaga olib chiqish uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz?

- Hakamlarni nazorat qilayotgan rahbarlar eng avvalo, tizimni tushunishlari kerak. Tizim bu FIFA, OFK va milliy associaciyalar o'zaro qanday tarzda ishlashi. Milliy associaciyaning mana shu katta tizimdagi o'rni qandayligini bilishi. Tizimni tushunish uchun futbol va hakamlik sohasida chuqur bilimga ega bo'lish zarur. Bu orqali o'z ishingni qanday bajarish kerakligini tushunib etasan. O'z navbatida, hakamlik darajasi haqiqatan ham o'sishi uchun xalqaro musobaqalarda o'zbekistonlik hakamlarning ko'payishi, kelajakda o'zbek futboli tashrif qog'oziga aylanadigan hakamlar darajasini ko'tarishga rahbarlarda juda katta istak bo'lishi shart. Bundan tashqari, rejalashtirish va byudjetni unutmaslik kerak. Bu ikki narsasiz nimadir haqida gapirishning o'zi qiyin. Rejalashtirish yuqorida aytganimdek, tizimni tushunishga bog'liq: qanday harakat qilish kerak, qanday ishlash kerak, qaysi muhim yo'nalishlarga pullarni sarflash va boshqalar. SHu bois O'zbekistonda hakamlikni rivojlantirish va ularni yuqori darajaga olib chiqish uchun rejalashtirish va byudjet juda katta rol o'ynaydi. Biz o'z vaqtida o'sha yuqori darajada edik.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика