

"Xudoga shukur yuzimiz yorug' bo'ldi. Bu g'alaba faqat bizniki emas, butun xalqimizniki. Shu yurtimiz, ota-onamiz uchun harakat qilamiz. Mazkur bellashuvni esdan chiqarib chorak finalga hozirlik olib borishimiz kerak. Raqib tanlamaymiz, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Nurlan Ibraimov.
Ma'lumot uchun, chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelamiz. Ushbu bahs 25 sentyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


