Yamal: "Felps bilan suzishda qatnashganimda ham unga: "Seni ortda qoldiraman" degan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2026, 12:00
"Barselona" vingeri Lamin Yamal hech qachon o'ziga shubha qilmasligini va doimo g'alaba qozonishi mumkinligi haqida o'ylashini ma'lum qildi.

- O'zingizga shubha paydo bo'ladigan paytlar bo'ladimi?
- Yo'q. Men doim do'stlarim bilan hazillashaman: "Agar Maykl Felps bilan suzish musobaqasida qatnashganimda, unga: "Seni ortda qoldiraman" degan bo'lardim".

Hatto yutqazishim 100 foiz aniq bo'lgan taqdirda ham, doim faqat g'alabaga sozlanaman", - dedi Yamal.

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps qo'lga kiritilgan oltin medallar soni bo'yicha Olimpiada rekordchisi hisoblanadi (23 ta oltin medal).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe