Abduvohid Ne'matov: "Tanqidlar mendan oldingi posbonlarga ham bo'lgan, mendan keyingilariga ham bo'ladi"

Iskandarov Abdulaziz
23 sen 2026, 08:25
O'zbekiston terma jamoasi Eron bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Terma jamoamiz darvozaboni Abduvohid Ne'matov taraddud jarayonlari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionatidan so'ng Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ketmoqda. Oldimizda 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi bor. Mana shu o'yinlarga tayyorlanmoqdamiz. Tarkibda yangi futbolchilar bor. Xudo xohlasa, moslashib yaxshi kirishib ketishadi",- deydi Abduvohid Ne'matov.

- "Nasaf"dan 2 nafar darvozabon chaqirilishi kutilganmidi?

- Buni men hal qilmayman.

- Jahon chempionatidan so'ng darvozabonlarimiz tanqidga uchradi. Bunga qanday javob berasiz?

- Jahon chempionatini qarasangiz, Portugaliya bilan o'yinga to'xtalaylik. Xuddi jamoamiz 4 ta gol urdi, men 5 ta gol o'tkazib, yutqazdik. Savolingizni shunday tushundim. Butun jamoa yutqazdi. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Tanqidlar mendan oldingilarga ham, mendan keyingi darvozabonlarga ham bo'ladi. Kerak bo'lsa sizga ham tanqid yog'iladi.

- O'tkir Yusupov ancha yildan so'ng ilk bor termaga chaqirilmadi. Abduvohid Ne'matov birinchi raqamli darvozabonga aylanadimi?

- 2020 yildan beri terma jamoadaman. Har doim borimni berganman va beraman ham.

- "Nasaf"dagi oxirgi o'yiningizda penaltidan gol urdingiz. Terma jamoada ham sizni shu rolda ko'ramizmi?

- Imkoniyat bo'lsa foydalanamiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia