Yovan Nishich: "Tanishlarim "Lokomotiv" chiroyli o'yin ko'rsatishini aytishadi"

Оқил Абдубарноев
12 sen 2026, 18:07
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Yovan Nishich Superliga 21-turidan o'rin olgan "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– O'yin haqida fikringiz qanday?

– Juda qiyin o'yin bo'ldi. Garchi "Mashal" hisobida ochkolar ko'p bo'lmasa-da, ular kurashishda davom etmoqda va bir-biri uchun o'ynamoqda. Birinchi golni kiritmaguningizcha bunday o'yinlar juda murakkab kechadi. Shukurki, o'yin og'ir kechgan bo'lsa-da, bugun biz maqsadga erishish uchun barcha ishni uddaladik.

– Eshitishimcha, siz futbol o'ynash bilan birga analitik maqolalar ham yozar ekansiz. Joriy mavsumda "Lokomotiv"ning ishtirokiga umumiy bahoingiz qanday?

– O'ylaymanki, biz haqiqatan ham mazmunli futbol namoyish etmoqdamiz. Bizda o'yin borasida juda aniq g'oya shakllangan. Biz hujumkor futbol o'ynaymiz va to'pni nazorat qilishga intilamiz. Shuning uchun, turli jamoalar bilan ro'baro' kelganimizda yoki tanishlar bilan suhbatlashganimda, ular: "Sizlar haqiqatan ham juda chiroyli o'ynayapsizlar", – deyishadi. Bu juda yoqimli. O'ylaymanki, O'zbekistondagi barcha bizning qanday chiroyli futbol ko'rsatayotganimizni biladi.

– Siz Serbiya, Bosniya va Fransiyada to'p tepgansiz. Bu yerdagi futbolning o'ziga xos farqi nimada?

– Har bir liga o'ziga xos bo'lib, o'zining yutuq va kamchiliklariga ega. Bu erga kelishimdan oldin men chempionat saviyasi haqida bexabar edim, ammo liga haqiqatan ham kuchli va o'ylaymanki, kelajakda u yanada rivojlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia