Muhammadali O'rinboev: "Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar maqsadimiz sari harakat qilamiz"

Iskandarov Abdulaziz
23 sen 2026, 10:08
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha Osiyo o'yinlari guruh bosqichini Vetnamga qarshi o'yin bilan yakunladi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz yetakchisi Muhammadali O'rinboev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu g'alabani barcha oila a'zolarimga, xalqimizga bag'ishladik. Chorak finalga tayyorgarlik boshlandi. Ha, Vetnam muxlislari ko'pchilikni tashkil qildi. Lekin o'zbekistonlik ishqibozlarga ham katta rahmat.

O'yin boshlanishi qiyin bo'ldi. Lekin birinchi goldan so'ng ustunlik tomonimizga o'tdi. Yakunda g'alaba qozondik. Vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonib chempionlikka intilish. Hammaga omad tilaymiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar maqsadimiz sari kurashamiz.

O'tgan mavsumda jarohatlar to'sqinlik qildi. Lekin mavsum oldi yig'inlar yaxshi o'tdi. Osiyo o'yinlaridan so'ng klubimda ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman",- deydi Muhammadali O'rinboev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Olamsport.com