Ernesto Valverde: "Dembele – "Barselona" uchun katta yo'qotish"
01 dek 2019 03:09
Yangiliklar
Ernesto Valverde: "Dembele – "Barselona" uchun katta yo'qotish"
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bbilan o'rtoqlashdi.
"Atletiko" hujumda yaxshi, himoyada kuchli o'yin namoyish qiladigan ahil jamoa. Bizni ajoyib uchrashuv kutib turibdi.
Dembele – biz uchun ulkan yo'qotish, bu kutilmaganda sodir bo'ldi. U bilan gaplashdim, Dembele o'zini xotirjam his qilmoqda. Uning o'rnini zahira o'yinchilari bilan to'ldirishga urinib ko'ramiz", – deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvda jarohatlangan franciyalik futbolchi yaqin 10 haftani o'tkazib yuborishi oydinlashgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar