Eden Azar nega "Bavariya" taklifini rad etgan?
27 dek 2019 14:08
Yangiliklar
Eden Azar nega "Bavariya" taklifini rad etgan?
"CHelsi" sobiq darvozaboni Robert Grinning aytishicha "Real" yarim himoyachisi Eden Azar o'z vaqtida "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi.
Ammo Eden Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynayotgan ukasi Torgan Azar tufayli "Bavariya"ga o'tmaganini aytdi.
- Eden "Bavariya"ga o'tishni rad etdi. U shunday qaror qabul qildi: "Men u erga bormayman, chunki ukam Torgan Germaniyada o'ynaydi. Bu "Eden Azar va uning ukasi" bo'lib ketardi".
U ukasining Germaniyada Eden Azarning ukasi emas, Torgan Azar sifatida tanilishini xohlashini aytdi. Bu takabburlikning alomati sifatida ko'rilishi mumkin edi, ammo bu oliyjanoblik belgisidir", - deydi Grin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar