ECHL 5-turi oldidan “Real” forvardi safga qaytdi
29 noy 2020 19:20
Yangiliklar
ECHL 5-turi oldidan “Real” forvardi safga qaytdi
Madridliklar hujumchisi Karim Benzema jarohatidan forig' bo'ldi.
Francuz La Liga 9-turidagi "Valensiya" bilan o'yinda (1:4) oyoq mushaklaridan jarohatlangandi. SHu tufayli, u "Vilyarreal" (1:1), “Inter” (2:0) va “Alaves”ga (1:2) qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
Karim joriy mavsum klub libosida 11 o'yinda qatnashib, 6+3 natija ko'rsatib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan shogirdlarini oldinda ECHL-5 turi doirasida "SHaxtyor"ga qarshi Kievdagi bahs kutmoqda. Uchrashuv 1 dekabrda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar