De Yong: “Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi shart”
26 noy 2019 23:44
Yangiliklar
De Yong: “Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi shart”
Eslatib o'tamiz, ushbu nufuzli sovrin uchun de Yongning hamyurti, Virjil van Deyk, “Barselona” forvardi Lionel Messi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kurash olib borishmoqda.
“Men bir necha bor Messin dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini va “Oltin to'p”ni aynan u qo'lga kiritishi kerakligini aytganman. Messi, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi futbolchi.
“Barselona”da men nimadir o'rganganligim haqida gapirishim qiyin. Ammo yangi klubga o'tarkansan, o'zing uchun qandaydir yangi jihatlarni kashf etasan. Men jamoadoshlarim o'yinini kuzatayapman va ulardan nimalarnidir o'rganishga intilayapman.
Jamoa tarkibida ko'plab o'yinlarda qatnashayapman va bundan xursandman. O'zimni yaxshi his qilayapman va menga hordiq shart emas”, deya de Yongning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Voetbalprimeur.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar