Dani Alves “Barselona” mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
14 dek 2019 01:51
Yangiliklar
Dani Alves “Barselona” mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
Sport.es tarqatgan xabarlarga ko'ra, 36 yoshli futbolchi Kataloniya poytaxtiga shaxsiy ishi bo'yicha kelgan. Paytdan foydalanib, futbolchi ko'k-anorranglilar mashg'ulotiga ham tashrif buyurgan va sobiq jamoadoshlari bilan ko'rishgan.
Alves 2008 yilning yozida “Sevilya”dan “Barselona”ga ko'chib o'tgandi. Himoyachining transferi kataloniyalikalarga 35,5 million evroga tushgandi. 2016 yilning yozida futbolchi erkin agent sifatida “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi. “Barselona” tarkibida braziliyalik futbolchi 391 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urishga ham muvaffaq bo'lgandi. Jamoa bilan u naqd 24 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, Dani Alves jahon futbol tarixidagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi. Faoliyati davomida u 40 ta sovringa ega chiqqan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar