"Bunyodkor" sobiq o'yinchisi: "Grizmann "Barselona"da Neymarning o'rnini bosa olmaydi"
26 okt 2019 11:50
Yangiliklar
"Bunyodkor" sobiq o'yinchisi: "Grizmann "Barselona"da Neymarning o'rnini bosa olmaydi"
"Barselona" va "Bunyodkor" jamoalari sobiq o'yinchisi Rivaldo kataloniyaliklarning hujum chizig'i haqida gapirdi.
- Messi, Suares va Grizmann triosi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ammo, bu uchlik Neymar bo'lganidagi kabi bo'ladi deb o'ylamayman.
Neymar - noyob o'yinchi, u ko'p paslar beradi, gollar uradi va va o'yinni nazorat qila oladi. Grizmannda esa bular yo'q. Franciyalik futbolchi hali yangi jamoa uslubini to'liq tushunib etgani yo'q, - deydi Rivaldo.
Antuan Grizmann joriy mavsum La Ligada 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda "Atletiko"dan "Barselona"ga 120 million evro evaziga o'tdi. "Ko'k-anorranglilar" transfer qoidalarini buzishganligi sabab yaqinda Madrid klubiga yana 15 million evro o'tkazib berishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar