Boateng "Bavariya"ga qaytmaydigan bo'ldi, buning sababi ham aytildi
06 okt 2023 23:10
Yangiliklar
Boateng "Bavariya"ga qaytmaydigan bo'ldi, buning sababi ham aytildi
Markaziy himoyachi Jerom Boateng "Bavariya" bilan shartnoma imzolamaydigan bo'ldi.
O'tgan haftada 35 yoshli futbolchi Myunxen klubi bilan mashg'ulotlar olib borayotgandi. Biroq tomonlar to'laqonli hamkorlik qilmaydigan bo'lishdi. Zo'ravonlik bilan ayblanayotganligi sababli sudga berilgani uchun klub futbolchi bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qilgan.
Ayni damda Boateng erkin agent bo'lib turibdi. U 2011-2021 yillar davomida "Bavariya" tarkibida harakat qilgan va 363 o'yinda 10 gol hamda 25 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar