"Barselona"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi
04 okt 2019 15:23
Yangiliklar
"Barselona"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi
"Barselona" "River Pleyt" bosh murabbiyi Marselo Galyardoni Valverdening o'rniga olib kelishi mumkin.
Agar Valverde yaqin vaqtlarda vaziyatni o'zgartira olmasa, 43 yoshli argentinalik "ko'k-anorranglilar" ustoziga aylanishi mumkin.
"Barselona" rahbariyati Galyardo bilan bu borada gaplashishga ham ulgurishgan, ammo murabbiy Libertadores Kubogida ishtirok etayotgan "River Pleyt"dan ketmoqchi emas.
Argentinalik mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Galyardo murabbiylik faoliyatini Urugvayning "Nasonal" klubida boshlagan. "River Pleyt"da esa 2014 yildan beri faoliyat olib bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar