So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  30 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda "Barselona" "Valensiya"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda "Barselona" "Valensiya"ni mag'lubiyatga uchratdi

La Liganing 4-tur doirasidan o'rin olgan "Barselona" va "Valensiya" bahsi yakunlandi.

La Liga. 4-tur

"Barselona" - "Valensiya" 5:2

15 senyabr, 00:00, Barselona. "Kamp Nou".

Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines

Gollar: Ansu Fati (2), Frenki De Yong (7), Jerar Pike (52), Luis Suares (61), Luis Suares (82) - Kevin Gameyro (27), Maksimiliano Gomes (90+2).

"Barselona": ter Stegen, Pike, Semedu, Langle, Alba, Buskets, Artur, Fati, de Yong, Karles Peres, Grizmann.

"Valensiya": Sillessen, Gayya, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Koklen, Ferran Torres, Gedesh, Rodrigo, Gameyro.

Barcelona

Ansu Fati - 2', Frenkie de Jong - 7', Gerard Pique - 51', Luis Suarez - 61', Luis Suarez - 82'

LaLiga . 4-tur

15/09/2019, 00:00

2
:
5
Tugadi

Valencia

Kevin Gameiro - 27', Maximiliano Gomez - 90'

Stadion: Camp Nou, 81617 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
2'  Ansu Fati
2'  Frenkie de Jong
7'  Frenkie de Jong
7'  Ansu Fati
51'  Gerard Pique
53'  Jordi Alba
60'  Ansu Fati (Luis Suarez)
61'  Luis Suarez
61'  Arthur
70'  Frenkie de Jong (Ivan Rakitic)
73'  Arthur (Arturo Vidal)
82'  Luis Suarez
82'  Antoine Griezmann
27'  Kevin Gameiro
27'  Rodrigo
31'  Rodrigo
67'  Goncalo Guedes (Denis Cheryshev)
67'  Ferran Torres (Kang-In Lee)
69'  Kang-In Lee
72'  Rodrigo (Maximiliano Gomez)
78'  Maximiliano Gomez
84'  Denis Cheryshev
90'  Maximiliano Gomez
90'  Denis Cheryshev


O'YIN YAKUNLANDI!

90+2. GOOOOOOOL!!! Maksi Gomez hisobni qisqartirdi. Ammo, o'yin taqdiri allaqachon hal bo'lgan.

90. Bahsning ikkinchi bo'limiga dastlabki bo'limda bo'lgani singari 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Barselona" hozirga kelib La Liganing joriy mavsumida eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi. 12ta gol!

82. GOOOOOOOOOOL!!!! Luis Suares huddi oldingi golda bo'lgani kabi Sillesenni dog'da qoldirdi. Endi hisob yiriklashib ketdi.

79. Langlening oyog'ini bosib olgan "Valensiya" o'yinchisi Maksimiliano Gomes hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

78. O'yin taqdiri deyarli hal. "Barselona" onlayn jadvalda 4-o'rinda turibdi.

- Bu esa oyoqda kamdan-kam gol uradigan Jerar Pike.

72. Navbatdagi o'zgarishlar. "Valensiya": Rodrigo o'rniga Maksimiliano Gomes. "Barselona": Artur o'rniga Arturo Vidal.

70. Navbat "Barselona"ga. O'yinni ajoyib tarzda o'tkazgan Frenki De Yong o'rniga maydonga Ivan Rakitich tushirildi.

69. 18 yoshli koreyalik futbolchi Li Kan In darhol sariq kartochka ishlab oldi.

67. Yana bir o'zgarish. Ferran Torresning o'rnida buyog'iga koreyalik Li Kan In harakat qiladi.

67. "Ko'rshapalaklar"ning yangi ustozi maydonga rossiyalik Denis CHerishevni tushirdi. U Gedeshni almashtirdi.

64. Grizmann birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Sillessen esa o'z hisobiga yana bir seyv qo'shib qo'ydi.

61. GOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Luis Suares jarima maydonchasi tashqarisidan "Valensiya" darvozasini ishg'ol qildi.

60. O'zgarish. Valverde Ansu Fatini zaxiraga olib, uning o'rniga Luis Suaresni maydonga tushirdi.

59. Seyvlar bo'yicha tenglik. Har ikkala darvozabon ham bir martadan seyf ijro etishdi.

55. Xavfli vaziyat! O'ng qanot himoyachisi Nelson Semeduning jarima maydonchasiga kira turib bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.

52. GOOOOOOOOLLL! Antuan Grizmanning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Qaytgan to'pni esa Pike darvozaga yo'lladi. Sillessen esa bu vaziyatni umuman tushunmadi.

- Bugungi bahsni stadiondan 81617 muxlis kuzatib bormoqda.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

TANAFFUS

46. Bahsning birinchi taymiga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

- Jarohati tufayli o'ynamayotgan "Barselona" etakchisi Lionel Messi o'yinni stadiondan kuzatib bormoqda.

38. "Barselona" to'pni nazorat qilgan holda, pozicion hujumlarga o'tmoqda. Mehmonlarning qarshi hujumlari esa xavfli chiqmoqda.

31. Sariq kartochka. O'yindagi dastlabki ogohlantirish "Valensiya" o'yinchisi Rodrigo Morenoga berildi.

29. Gol inobatga olindi. "Ko'rshapalaklar" hisobni tezda qisqartirishdi. Gol muallifi - Kevin Gameyro.

27. GOOOOOLL! Kevin Gameyro birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi. Ammo, hakam VARga yuzlandi. Kutamiz...

26. To'pga egalik qilish bo'yicha yaqqol ustunlik "Barsa" tarafida. 74%-26%

20. Mehmonlar hujumchisi Kevin Gameyro deyarli bir-birga vaziyatda chiqib bordi, ammo "Barselona" futbolchisining halaqit berishi natijasida hujumchi ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

16. Xavfli! Ansu Fati darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. Ammo, yosh futbolchining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

12. "Valensiya" hozircha hech nima qila olmayapti. "Ko'k-anorranglilar" esa to'pni o'zlari nazorat qilishga ko'proq ahamiyat berishmoqda.

7. GOOOOOOOL!! Nimalar bo'lmoqda. Endi navbat Frenki De Yongga. "Barselona" o'yinni shunchaki super tarzda boshladi. Bu safar to'pni unga Ansu Fati etkazdi. Har ikkalasida ham gol+pas. Qoyil!

2. GOOOOOOOL!!! Ilk hujum, ilk gol. Yosh bolakay Ansu Fati De Yongning pasidan so'ng to'pni Sillessen darvozasiga joylab qo'ydi.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Tez orada bahsga start beriladi.

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida "Barselona" hamda "Valensiya" klublari ishtirokidagi La Liganing 4-tur bahsiga birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика