"Barselona" va "CHelsi" ketma-ket 6ta o'yindan beri g'alaba qozonishmoqda
24 okt 2019 10:13
Yangiliklar
"Barselona" va "CHelsi" ketma-ket 6ta o'yindan beri g'alaba qozonishmoqda
"CHelsi" CHL doirasidagi "Ayaks" (1:0)ga qarshi o'yinda, "Barselona" esa "Slaviya" (2:1)ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishdi.
Bu orqali "CHelsi" va "Barselona" jamoalari o'zlarining g'alabali seriyalarini 6ta o'yinga etkazishdi.
Frenk Lempardning jamoasi bungacha "Nyukasl" (1:0), "Sautgempton" (4:1), "Brayton" (2:0), "Lill" (2:1) va "Grimsbi" klublarini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Kataloniyalar esa "Eybar" (3:0), "Sevilya" (4:0), "Xetafe" (2:0), "Vilyarreal" (2:1) va "Inter" (2:1) jamoalari ustidan zafar quchishgan.
"CHelsi" ECHLda 6 ochko jamg'argan holda "H" guruhida peshqadam bo'lsa, "Barselona" 7 ochko bilan "F" guruhini boshqarib bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar