"Barselona" va "Atletiko" norasmiy kelishuvga erishdi. Unga ko'ra "Barsa" Madrid klubiga 15 million evro o'tkazib beradi
22 okt 2019 11:06
Yangiliklar
"Barselona" va "Atletiko" norasmiy kelishuvga erishdi. Unga ko'ra "Barsa" Madrid klubiga 15 million evro o'tkazib beradi
Kataloniya klubi francuz futbolchisi bilan erta muzokaralar boshlagani uchun "Atletiko"ga 15 million evro to'lashga rozi bo'ldi.
Buning evaziga "Atletiko" Grizmanning "Barselona" bilan yozishmalarini ommaga oshkor qilmaydi. Takidlab o'tish kerakki, "Barselona" shuningdek bir yo'la "Atletiko"ning 5 o'yinchisini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ldi, shu jumladan Xose Mariya Ximenes va Saul Nigeslarni ham.
Ammo, "Barselona" o'yinchini sotib olish huquqiga ega bo'lish uchun 3ta narsa talab qilinadi: o'yinchining "Atletiko"dan ketish istagi, madridliklarni qanoatlantiradigan mablag' va ularning futbolchini sotish istagi.
Bundan tashqari, ikki klub ham to'langan mablag' Grizmann ishiga aloqasi yo'qligini takidlashmoqda. Lekin bu norasmiy kelishuv bo'lganligini inobatga olsak, bu mablag'lar yozishmalarni oshkor qilmaslik sabab "matraschilar"ga o'tkazib berilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda "Atletiko"dan "Barselona" 120 million evro evaziga o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar