“Barselona” himoyachisi “Milan”ga o'tishga rozi bo'ldi
04 jan 2020 19:25
Yangiliklar
“Barselona” himoyachisi “Milan”ga o'tishga rozi bo'ldi
“Barselona” azosi Jan-Kler Todibo katta ehtimol bilan “Milan”ga o'tadi, deya xabar bermoqda “La Gazzetta dello Sport”.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi “rossonerilar” sport direktori Frederik Massara bilan transfer borasida og'zaki kelishuvga erishgan. Endi, milanliklar “Barsa” bilan muzokara o'tkazishi qolgani aytilmoqda.
Todibo "Barselona"ga 2019 yil boshida "Tuluza"dan o'tgandi. Himoyachi joriy mavsum La Ligada 2ta, ECHLda esa 1ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar