"Barselona" himoyachisi "Arsenal"ga o'tishni istamadi
01 fev 2020 17:26
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi "Arsenal"ga o'tishni istamadi
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti qishki transfer oynasida Angliyaga yo'l olishni istamadi.
"Le Parisien"ning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" jamoasi o'z tarkibida ko'rmoqchi edi. Ammo, "kanonirlar"ning taklifiga francuz rad javobini berdi. Samuel "Barselona"ni jahonning eng yaxshi klubi deb hisoblaydi va asosiy tarkibga qaytish ishtiyoqida yonmoqda.
Oldinroq, Yumtitining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqqandi, kataloniyaliklar esa 20 mln evro evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Yumtiti joriy mavsum LaLigada bor yo'g'i 7ta o'yinda maydonga tushgan. "Barselona"ning o'zi 21 turdan so'ng "Real"dan 3 ochko kam jamg'argan holda 2-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar