"Barselona" futbolchisi A Seriyaga yo'l olishi mumkin
25 okt 2019 11:10
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi A Seriyaga yo'l olishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal yanvarda "Inter" futbolchisiga aylanishi mumkin.
CHililik xavbek o'zining jamoadagi holatidan norozi va kataloniyaliklar safidan ketish haqida o'ylamoqda.
Milan klubi ushbu vaziyatdan foydalangan holda, 32 yoshli o'yinchini qishki transferlar oynasida o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.
Vidal joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishdi.
Futbolchi "Barselona"ga qadar "Kolo-Kolo", "Bayer 04", "Yuventus" va "Bavariya" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar