"Barselona" ivuarlik vingerni nishonga oldi
13 dek 2019 13:30
Yangiliklar
"Barselona" ivuarlik vingerni nishonga oldi
"Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Kataloniya klubi yanvarda ivuarlik vinger bilan shartnoma imzolamoqchi va "Sassuolo" rahbariyati bilan muzokaralarni boshladi. Tomonlar shu hafta o'zaro uchrashishdi va transfer imkoniyatlarini tahlil qilishdi.
Bu transferga "CHelsi" halal berishi mumkin. London klubi 22 yoshli o'yinchini 4 million evroga sotib olish bo'yicha huquqqa ega. Boga aynan "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbolchi joriy mavsum "Sassuolo" libosida 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar