Asror Aliqulov: "So'nggi daqiqalargacha bosim ostida o'ynadik"
20 mar 2024 09:50
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "So'nggi daqiqalargacha bosim ostida o'ynadik"
- "Bu bizning mavsumdagi birinchi g'alabamiz. O'tgan turda ko'rdinglar, durang natija qayd etgandik. Bugun birinchi g'alabamizga erishdik. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalargacha bosim ostida o'ynadik. "Aral" jamoasidan shunaqa o'yin kutgandik, shundan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rgandik. Barcha vaziyatlardan ham foydalana olmadik. Jamoamiz azolariri va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.
Barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Tarkibda raqobat bo'lishi kerak. Murabbiylar shtabi bilan ko'rib chiqib, o'yinga to'liq tayyor bo'lgan futbolchilarni maydonga tushiramiz.
Xumoyun Murtozaevni keyingi o'yinga asrab qo'yib rejamiz ham bor edi. SHuningdek, hujumda himoyachilarga bosim o'tkazishni kuchaytirish maqsadida ham zaxiradan boshqa hujumchi tushirib, Murtozaevni almashtirdik. Aytib o'tganimdek, "Aral" jamoasi so'ngi daqiqalargacha bizni bosim ostida ushlab tura oldi" - deydi "Mashal" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar