"Arsenal" va MYU turkiyalik futbolchi uchun kurashadi
26 fev 2024 18:58
Yangiliklar
"Arsenal" va MYU turkiyalik futbolchi uchun kurashadi
"Yuventus" va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kenan Yildizga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
London klubi 34 million funt sterlinglik taklif tayyorlamoqda. Biroq "Yuventus" futbolchini 51 million funtdan kamiga sotmaydi.

Yildiz 2022 yilning iyulidan beri "Yuventus" tizimida harakat qilmoqda.. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunida yakuniga etadi. 18 yoshli hujumkor futbolchi joriy mavsum A Seriya va Italiya Kubogida 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali turkiyalikni 10 million evroga baholamoqda.
Qayd etish joiz, ayrim ekspertlar Yildizni Krishtianu Ronaldudan ko'ra iqtidorliroq deb hisoblashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar