Alaba: "Anchelotti jarimadan gol urishim kerakligini aytdi, men esa aytganini bajardim"
15 avg 2022 19:27
Yangiliklar
Alaba: "Anchelotti jarimadan gol urishim kerakligini aytdi, men esa aytganini bajardim"
La Liganing 1-turidan o'rin olgan "Almeriya" - "Real Madrid" uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi David Alaba uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Alaba zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
"Jamoamga g'alaba qozonishida yordam bera olganimdan xursandman. Maydonga tushishdan avval raqib darvozasini ishg'ol qilish ishtiyoqim bor edi, jamoadoshlarim esa buni bajarishda menga ishonch bag'ishladi. Anchelotti maydonga tushishimdan ilgari jarima zarbasini ijro etib, gol urishim kerakligini aytdi, men esa "Aytganingizni bajaraman", dedim. "Almeriya" ajoyib o'yin namoyish etdi. Bizga mehmonda, raqib jamoa muxlislari qarshisida o'ynash oson bo'lmasligini bilardik. Men o'zimni yaxshi formada his qilyapman va shu taxlit davom etishga harakat qilaman", — dedi avstriyalik himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar