"Al Hilol" futbolchisi "Barselona"ga ko'chib o'tmoqchi
24 dek 14:53
Yangiliklar
"Al Hilol" futbolchisi "Barselona"ga ko'chib o'tmoqchi
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi himoyachisi Joau Kanselu "ko'k-anorranglilar" safiga qaytishni juda ham xohlamoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bu transfer amalga oshishi uchun maoshi qisqarishiga ham rozi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yozda "Manchester Siti"dan "Al Hilol" safiga 25 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikrlar
Buning sabablaridan biri - o‘yin vaqtining kamligi. Joauning Pep Gvardiola bilan munosabatlari yomonlashgan. JCH-2022 oldidan esa hammasi yaxshi edi, portugaliyalik barqaror o‘ynardi, ammo Qatardan qaytgach, nimadir buzildi: shundan so‘ng faqat ikkitagina to‘liq o‘yin (Premyer-ligada «Manchester Yunayted»ga qarshi va Angliya Liga kubogida «Sautgempton»ga qarshi), qolganlarida uchrashuv vaqtining yarmidan ko‘p o‘ynamadi va Kanselu oxirgi bahsni zaxirada o‘tkazdi. Qolaversa, «Vulverxempton» bilan o‘yinda maydonga tushmasligini bilgach, Joau butun o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi, sheriklari bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi. Gvardiola Jahon chempionatidan qaytgan Kanseluning formasidan shikoyat qilgan edi. Portugaliyalik uchun chap qanotdagi Natan Ake va o‘ng qanotni band etgan yosh Riko Lyuisning yorqin harakatlari ham to‘siq bo‘ldi. Kanseluda maydonga tushish imkoniyati bo‘lmadi, biroq zaxirada o‘tirishni ham istamadi. Joauning ketishiga yana bir sabab - taktika. Rikko Lyuisning o‘ng qanotdagi dadil harakati chap qanot himoyasida ko‘proq konservativ o‘yinni talab qilardi.